Boburiy imperatorlar ( , ) Hindiston yarimorolidagi Boburiylar imperiyasining oliy davlat boshliqlari boʻlgan. Imperiya asosan hozirgi Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston va Bangladesh mamlakatlari hududlariga toʻgʻri keladi. Boburiy hukmdorlari oʻzlarini badshoh (buyuk podshoh) yoki shahanshoh deb atashgan. 1526-yildan boshlab Hindistonning ayrim qismlarini, 1707-yilga kelib subkontinentning aksariyat qismini boshqara boshladilar. Keyinchalik hududlar qisqara bordi, lekin sulola 1857-yilgi Hindiston qoʻzgʻolonigacha nominal ravishda hududlarni boshqargan.
Boburiylar kelib chiqishi Oʻrta Osiyodan boʻlgan turk-moʻgʻul Temuriylar sulolasining bir shajarasi boʻlgan. Ularning asoschisi, Fargʻona vodiysidan (hozirgi Oʻzbekiston) boʻlgan temuriy shahzoda Bobur Temurning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi boʻlgan (odatda gʻarb xalqlarida Temurlan deyiladi). Temur esa chingiziy malikaga uylanishi orqali Chingizxonga aloqador boʻlgan.
Keyinchalik Boburiy imperatorlarining koʻpchiligi nikoh orqali hind rajputi va forslar bilan rishtalarini bogʻlagan, chunki hukmdorlar rajput va fors malikalaridan tugʻilishi zarur boʻlgan. Masalan, Akbar yarim fors (onasi asli fors), Jahongir yarim rajput va chorak fors, Shoh Jahon esa toʻrtdan uchi rajput boʻlgan.
Avrangzeb hukmronligi davrida (taxm. 1658—1707-yillar), imperiya jahon yalpi ichki mahsulotining 25% dan ortigʻiga teng boʻlgan dunyodagi eng yirik iqtisodiyot va ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan. Sharqda Chittagongdan gʻarbda Kobul va Balujistongacha boʻlgan Hindiston yarimorolining deyarli barcha qismini va shimolda Kashmir, janubda Kaveri daryosi havzasigacha boʻlgan hududni boshqargan. right|thumb| Boburiylar sulolasining nasabnomasi. Grafikda har bir imperatorning faqat asosiy avlodlari keltirilgan.
Oʻsha paytda imperiyaning aholisi 110 dan 150 million kishigacha yetgan boʻlsa (dunyo aholisining chorak qismi), hududi esa 4 million kvadrat kilometrdan (1,5 million kvadrat milya) ortiq edi. XVIII asrda Boburiylarning qudrati susayadi va oxirgi imperator Bahodurshoh II 1857-yilda Britaniya Rajining oʻrnatilishi bilan taxtdan agʻdariladi.
Boburiylar imperiyasi left|thumb| Boburdan Avrangzebgacha boʻlgan boburiy hukmdorlarining guruh portreti, oʻrtada Boburiylar ajdodi Temur oʻtirgan holda. Chapda: Shoh Jahon, Akbar va Bobur, samarqandlik Abu Said va Temurning oʻgʻli Mironshoh. Oʻng tomonda: Avrangzeb, Jahongir va Humoyun va Temurning yana ikkita avlodi Umar Shayx va Muhammad Sulton. Taxminan 1707—1712-yillarda yaratilgan. Boburiylar imperiyasiga Oʻrta Osiyolik temuriy shahzoda va hukmdor Bobur asos solgan. Bobur otasi tomondan temuriylar imperatori Temurlanning, onasi tomondan moʻgʻul hukmdori Chingizxonning bevosita avlodi boʻlgan. Shayboniyxon tomonidan Turkistondagi ajdodlari mulkidan siqib chiqarilgan 40 yoshli shahzoda Bobur oʻz maqsadlariga erishish uchun Hindistonga yuzlanadi. Kobulda oʻz hokimyatini oʻrnatadi va keyin Afgʻonistondan Xaybar dovoni orqali janubga yaʼni Hindistonga qarab yoʻl oladi. Bobur qoʻshinlari 1526-yilda Panipatdagi gʻalabadan soʻng Shimoliy Hindistonning katta qismini bosib olgan. Urushlar va harbiy yurishlar bilan mashgʻul boʻlish yangi imperatorga Hindistonda erishgan yutuqlarini mustahkamlashga imkon bermaydiKeay, 293-296. Imperiyaning beqarorligi isyonchilar tomonidan Forsga surgun qilingan oʻgʻli Humoyun davrida yaqqol namoyon boʻlgan. Humoyunning Forsga surgun qilinishi Safaviylar va Boburiylar mahkamalari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilishiga olib kelgan. Boburiylar saroyida Gʻarbiy Osiyo madaniy taʼsirining kuchayishiga olib keladi. Humoyun 1555-yilda Forsdan gʻalaba bilan qaytganidan keyin Boburiylar hukmronligini tiklash boshlanadi, biroq u koʻp oʻtmay baxtsiz hodisadan vafot etadi. Humoyunning oʻgʻli Akbar Hindistonda Boburiylar imperiyasini mustahkamlashga yordam bergan otaliq Bayramxon yordamida taxtga oʻtirganKeay, 309-311.
Akbar urush va diplomatiya orqali imperiyani har tomonlama kengaytira oladi va Godavari daryosining shimolidagi deyarli butun Hindiston yarimorolini nazorat qila boshlaydiKeay, 311-319. Oʻziga sodiq yangi hukmron elitani yaratadi, zamonaviy boshqaruvni amalga oshirib, madaniy taraqqiyotni ragʻbatlantiradi. Hukmdor Yevropa savdo kompaniyalari bilan savdo-sotiqni kuchaytirgan. Hind tarixchisi Ibrohim Erali yozganidek, chet elliklar koʻpincha Boburiylar saroyining ajoyib boyligidan hayratda qolishgan, ammo yaltiroq saroy qorongʻu haqiqatlarni yashirgan, yaʼni imperiya yalpi milliy mahsulotining chorak qismi 655 oilaga tegishli boʻlsa, Hindistonning 120 million oilalasining asosiy qismi dahshatli darajadagi qashshoqlikda yashaganEraly, Abraham The Mughal Throne The Sage of Indiaʼs Great Emperors, London: Phonenix, 2004 p. 520.. 1578-yilda yoʻlbarslarni ovlash paytida tutqanoq tutganidan soʻng buni diniy tajriba deb bilgan Akbar islomdan koʻngli toʻlmay, hinduizm hamda islomning sinkret aralashmasini qabul qiladiEraly, Abraham The Mughal Throne The Sage of Indiaʼs Great Emperors, London: Phonenix, 2004 p. 191.. Imperator oʻz saroyida din erkinligiga ruxsat beradi va hukmdorlik madaniyatining kuchli xususiyatlariga ega boʻlgan yangi din – Dini Ilohiyni oʻrnatish orqali oʻz imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy tafovutlarni bartaraf etishga harakat qiladi. Oʻgʻliga oltin davrda boʻlgan, ichki muhiti barqaror davlatni qoldirgan.
Akbarning oʻgʻli Jahongir afyunga ruju qoʻygan, davlat ishlariga eʼtibor bermay, raqib saroy guruhlari taʼsiriga tushib qolgan edi. Jahongirning oʻgʻli Shoh Jahon davrida Boburiylar saroyi mavqei eng yuqori choʻqqiga chiqqan, bunga Toj Mahal misol boʻla oladi. Biroq saroyni saqlash xarajatlari keladigan daromaddan oshib keta boshlagan. thumb| Shoh Jahon hamrohligida uchta oʻgʻli: Dara Shikoh, Shoh Shuja, Avrangzeb va ularning bobosi Asaf Xon IV Shoh Jahonning toʻngʻich oʻgʻli, liberal Dara Shikoh 1658-yilda otasining kasalligi natijasida valiahdga aylanadi. Dara sinkretistik hindu-musulmon dini va madaniyatini himoya qilgan. Biroq, musulmonlar yordami bilan Shoh Jahonning kenja oʻgʻli Avrangzeb taxtni egallaydi. Avrangzeb 1659-yilda Darani magʻlub etib, uni qatl qildiradi. Shoh Jahon kasallikdan toʻliq tuzalib ketgan boʻlsa-da, Dara va Avrangzeb oʻrtasida taxt uchun vorislik urushi boʻlayotgandi. Nihoyat, Avrangzeb taxtga oʻtirgach, Shoh Jahonni uy qamogʻiga tashlaydi.
Avrangzeb hukmronligi davrida imperiya siyosiy jihatdan kuchayadi va jahon yalpi ichki mahsulotining toʻrtdan bir qismidan koʻproq boʻlgan dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatga aylanadi. Lekin uning shariatni oʻrnatish haqidagi qarori katta tortishuvlarga sabab boʻlgan. Avrangzeb imperiyani Janubiy Osiyoning katta qismini qamrab olgan holda kengaytirgan. Imperiya qudratining choʻqqisida hozirgi Hindiston, Pokiston, Afgʻoniston va Bangladeshning bir qismini hisobga olgan holda 3,2 million kvadrat kilometrga yetgan. 1707-yilda vafotidan keyin „imperiyaning koʻp qismlari ochiq qoʻzgʻolon koʻtardi“. Avrangzebning Oʻrta Osiyodagi oʻz oilasining ajdodlari yerlarini qayta egallashga urinishlari muvaffaqiyatli kechmagan. Dekan mintaqasini muvaffaqiyatli zabt etishida muhim Pirik gʻalabasi esa imperiyaga qimmatga tushganD’souza, Rohan „Crisis before the Fall: Some Speculations on the Decline of the Ottomans, Safavids and Mughals“ pp. 3-30 from Social Scientist, Volume 30, Issue # 9/10, September-October 2002 p. 21.. Armiya doimo Shimoliy Hindistonda yer egalari boʻlmish aristokratiyaga asoslangan boʻlib, ular yurishlar uchun otliq qoʻshinlar bilan taʼminlagan. Bu esa Avrangzeb uchun bir muammo boʻlgan. Dekanning uzoq va qimmatga tushadigan zabt etilishi Avrangzebni oʻrab olgan „muvaffaqiyat aurasini“ sezilarli darajada susaytiradi. XVII asrning oxiridan boshlab aristokratiya imperiya urushlari uchun kuch bilan taʼminlashni istamay qoladi. Shu sabab urushning muvaffaqiyati pasaya boradi.
Bundan tashqari, Dekanni zabt etish oxirida Avrangzeb Dekandagi musodara qilingan yerlarni baʼzi zodagon oilalar oʻrtasida chuqur tanlov orqali taqsimlaydi. Aristokratlar esa musodara qilingan yerlar bilan mukofotlanmaganidan qattiq norozi boʻlib, keyingi yurishlarda qatnashishni istamaganlarD’souza, Rohan „Crisis before the Fall: Some Speculations on the Decline of the Ottomans, Safavids and Mughals“ pp. 3-30 from Social Scientist, Volume 30, Issue # 9/10, September-October 2002 p. 21.. Avrangzebning oʻgʻli Shoh Alam otasining diniy siyosatini bekor qilgan va maʼmuriyatni isloh qilishga uringan. „Ammo, 1712-yilda uning vafotidan soʻng, Boburiylar sulolasi tartibsizlik va shiddatli janjallar botqogʻiga botadi. Birgina 1719-yilning oʻzida ketma-ket toʻrt imperator taxtga oʻtiradi“. left|thumb| Akbarshoh II va uning toʻrt oʻgʻli
Muhammadshoh hukmronligi davrida imperiya parchalana boshladi va markaziy Hindistonning keng hududlari boburiylardan marathlarga oʻtadi. Boburiylar urushlarda doimo qamal uchun ogʻir artilleriyaga, hujumlar uchun ogʻir qurollangan otliqlarga va jang hamda bosqinlar uchun yengil qurollangan otliqlarga asoslanganD’souza, Rohan „Crisis before the Fall: Some Speculations on the Decline of the Ottomans, Safavids and Mughals“ pp. 3-30 from Social Scientist, Volume 30, Issue # 9/10, September-October 2002 p. 21.. Mintaqani nazorat qilish uchun boburiylar har doim har qanday mintaqada strategik qal’ani egallashga harakat qilishgan, bu esqa ularga uzel boʻlib xizmat qilgan. Bu tizim nafaqat qimmatga tushgan, ammo armiyani biroz moslashuvchan qiladi, chunki dushman doim qamal qilish uchun qal’aga chekinishi yoki ochiq maydonda hal qiluvchi jangga kirishishi kerak boʻlgan. Hindu marathlari mohir otliqlar boʻlib, ular oddiy janglarda qatnashishdan bosh tortganlar, aksincha, Boburiylar taʼminot liniyalari boʻylab partizanlar urushida qatnashganlar. Marathalar boburiy qal’alarini boʻron yoki rasmiy qamal orqali egallab ololmaganlar, chunki ularda artilleriya boʻlmagan. Ammo taʼminot ustunlarini doimiy ravishda ushlab turish orqali ular Boburiylar qal’alarini boʻysundirishga muvaffaq boʻlishgan.
Boburiylarning qoʻmondonlari ketma-ket ravishda oʻzlarining taktikasini oʻzgartirishdan va qoʻzgʻolonga qarshi tegishli strategiyani ishlab chiqishdan bosh torta boshladilar, bu esa Boburiylarning Marathaga tobora koʻproq hududlarni berib qoʻyishiga olib kelganD’souza, Rohan „Crisis before the Fall: Some Speculations on the Decline of the Ottomans, Safavids and Mughals“ pp. 3-30 from Social Scientist, Volume 30, Issue # 9/10, September-October 2002 p. 21.. Nodirshohning Hindistonga yurishi Dehlining egallanishi bilan yakunlangan. Boburiylarning bor kuchi va obroʻ-eʼtibori parchalab tashladi, shuningdek, u imperator xazinasini egallab, shu bilan imperiyaning tanazzuli keskin tezlashgan. Imperiya elitalarining koʻpchiligi oʻz hududlarini nazorat qilishga intilgan va mustaqil davlatlarni tashkil qilish uchun ajralib chiqqan. Biroq, Boburiy imperator suverenitetning eng yuqori timsoli vazifasini oʻtagan. Imperatorni Hindiston suvereniteti sifatida tan olish marosimlarida nafaqat musulmon janoblari, balki maratha, hindu va sikx yetakchilari ham qatnashganlarKeay, 361-363, 385-386.