thumb|240x240px| Bosh suyagining miya pardalarini aks ettirgan kesmasi Qattiq parda (, grech. pachymeninx) – bosh miya va orqa miyani qoplaydigan uchta pardadan biri. U eng yuzaki, yumshoq va araxnoidal pardalarning ustida joylashgan.
Tuzilishi Qattiq parda tashqi va ichki yuzaga ega boʻlgan zich biriktiruvchi toʻqimadan hosil boʻladi. Tashqi yuzasi silliq emas, qon tomirlariga boy. Orqa miya kanalida u kanal devorlaridan yogʻ toʻqimasi va ichki umurtqalar venoz chigali bilan toʻldirilgan epidural boʻshliq orqali ajralib turadi, umurtqalararo teshiklarda periost bilan birlashadi va orqa miya nervlari uchun qobiqlarni hosil qiladi. Bosh suyagida dura mater toʻgʻridan-toʻgʻri suyaklarga tutashgan boʻlib, bosh suyagi asosi suyaklari suyakusti pardasi va kalla suyaklari orasidagi choklar bilan birlashadi. Dura materning miyaga qaragan ichki yuzasi silliq, yaltiroq, endoteliy bilan qoplangan. U va araxnoidal parda oʻrtasida oz miqdordagi suyuqlik bilan toʻlgan tor subdural boʻshliq mavjud.
Qattiq pardaning sinuslari va oʻsimtalari thumb|300x300px| Inson miyasining anatomik preparati. 1 – dura materning oʻralgan varaqlari, 2 – araxnoidal parda, 3 – sinus sagittalis superior, 4 – miya oʻrogʻi (yuqori qismi) va yuqori sagittal sinus Baʼzi sohalarda miyaning qattiq pardasi miyaning yoriqlariga oʻsimtalar hosil qilib kiradi. Oʻsimtalarning kelib chiqish joylarida qattiq parda 2 qatlamga boʻlinib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shaklidagi kanallar – qattiq pardaning sinuslarini hosil qiladi. Sinuslarning devorlari mahkam choʻzilgan, ularda klapanlar yoʻq. Sinuslarda miya tomirlari, qattiq parda, koʻz kosasi va kalla suyaklaridan oqadigan venoz qon yigʻiladi. Sinuslardan qon ichki boʻyinturuq venasiga kiradi. Zaxira venoz tomirlar (v.emissaria) orqali sinuslar va bosh suyagining tashqi yuzasi tomirlari oʻrtasida bogʻlanish mavjud.
Qattiq parda oʻsimtalari:
Miya oʻrogʻi (falx cerebri) – miya yarim sharlari orasida joylashgan; Miyacha oʻrogʻi (falx cerebelli)- miyacha yarim sharlari orasidagi boʻshliqqa kirib, ensa suyagiga borib, ichki ensa qirrasidan katta ensa teshigiga birikadi. Miyacha chodiri (tentorium cerebelli) – miyacha va miyaning ensa boʻlaklari oʻrtasida joylashgan; Turk egarchasi diafragmasi (diaphragma sellae)- turk egari ustiga tortilgan; markazida quygʻich – infundibulum oʻtadigan teshik bor ().
Innervatsiyasi Qattiq pardaning innervatsiyasi bosh miya nervlarning meningeal shoxlari yordamida amalga oshiriladi va miya tuzilmalarining joylashishiga qarab farqlanadi'Gray’s Anatomy for Students' 2005, Drake, Vogl and Mitchell, Elsevier:
Oldingi kalla chuqurchasida – uch shoxli nerv ()ning birinchi tarmogʻi boʻlgan koʻrish nervining meningeal shoxchasi innervatsiya qiladi ().
Oʻrta kalla chuqurchasida – uch shoxli nervning ikkinchi va uchinchi shoxlari boʻlgan yuqori va pastki jagʻ nervlarining meningeal shoxlaridan innervatsiya oladi ().
Orqa kalla chuqurchasining innervatsiyasi adashgan nervning meningeal shoxchasi tomonidan amalga oshiriladi ().
Qon bilan taʼminlanishi
A. carotis interna A. meningea media vv. meningeae mediae v. jugularis interna
Tasvirlar
Yana qarang
Meningioma
Adabiyotlar Sapin M. R., Bryksina Z. G. – Odam anatomiyasi // Taʼlim, 1995-yil Sinelnikov R. D. – Inson anatomiyasi atlasi III jild // Tibbiyot, 1974-yil Manbalar Turkum:Neyroanatomiya Turkum:Anatomiya Turkum:Tibbiyot
Havolalar
Miyaning qattiq qobigʻi