Song Joong-ki (koreyacha jeonggie, inglizcha Song Joong-ki; 1985- yil 19-sentyabr, Daejon , Janubiy Koreya) – janubiy koreyalik aktyor. U „Sungkyunkwan Scandal“ teleseriali va Janubiy Koreyaning mashhur „Running Man“ telekoʻrsatuvi orqali mashhur boʻldi. Jun Ki birinchi marta 2012-yilda „Yaxshi yigit“ teleserialida suratga tushgan. Shuningdek, u badiiy filmlarda, xususan, „Boʻri bola“ filmida ham rol oʻynagan. Majburiy harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, 2016-yilda „Quyosh avlodlari“ teleserialida bosh rolni ijro etib, kinoga qaytdi.

Biografiyasi

Song Joong-ki 1985-yil 19-sentabrda Daejon shahrida tugʻilgan. Song Joong-ki oʻrta maktabda oʻqib yurganida konkida uchish (short-trek)ni yaxshi koʻrar edi va oʻz shahrida oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashgan. Jarohat olganidan keyin u sportni tark etishga majbur boʻlgan.

U oʻqishda aʼlo oʻqidi va barcha fanlardan eng yuqori ball oldi, umummilliy yakuniy imtihonlarda 400 balldan 380 ball toʻpladi, soʻngra nufuzli Sungkyunkvan universitetiga oʻqishga kirdi. Kollejning ikkinchi yilida otasi oʻgʻlining intilishlariga qarshi boʻlsa ham, u aktyorlik bilan jiddiy shugʻullanishga qaror qildi.

U oʻzining televideniyedagi debyutini KBS telekanalining Koreya Viktorinasida ishtirokchi sifatida oʻtkazdi va u yerda finalda ikkinchi oʻrinni egalladi. U moda jurnallarida model sifatida ishlagan.

Karyerasi

2008–2011: taʼlimi va yutuqlari

Joong-kining debyuti 2008-yilda „Muz guli“ filmida rol ijro etishdan boshlangan. Keyingi yili „Erosning beshta hissi“ filmida rol oʻynadi. Shuningdek, „Uch marta sakrash“ va „Rojdestvo uchun qor yogʻadimi?“ teleseriallarida kichik rollarda ham koʻrinish berdi. Bundan tashqari, 2009-yildan 2010-yilgacha Koreyaning KBS telekanalining " Music Bank " musiqiy dasturida doimiy qatnashgan va „Running Man“ shousining aʼzosi (2010-yildan 201- yilgacha) boʻlgan.

Uning haqiqiy yutugʻi va televideniedagi birinchi katta roli uning Sungkyunkwan Scandal teleserialidagi 8-asr Joseon davrining maftunkor pleyboyi Ku Yonxa rolidagi ishi boʻldi. Barqaror, ammo past reytinglarga qaramay, drama oʻz tomoshabinlarini topdi va uning oʻsha paytda nomaʼlum Yu A In bilan ekrandagi „bromansi“ ular orasida mashhur edi.

Joong-ki 2011-yil may oyida „Goʻzal teri loyihasi“ kitobini chiqardi yaʼni bu erkaklar terisini parvarish qilish boʻyicha qoʻllanma edi. Bu bir oylik bestseller boʻldi (kitob 2013-yilda Yaponiyada qayta nashr etilgan). 2010-yil oxirida Sidneyda velosiped safarida ishtirok etdi. 2011-yilda aktyorning Yaponiyaga sayohatlari haqida " Men haqiqiyman: Song Joong-ki " teledastur efirga uzatildi.

2011-yilda Greedies komediya filmida ishsiz odam rolini oʻynadi. Tanqidchilar Joong-kining aktyorligini maqtab, uning xarizmasini alohida qayd etishdi.

Oʻsha yili „Ildizli daraxt“ teleserialida yosh qirol Sejong rolini oʻynadi. Tanqidchilar Joong-kining ijrosini yuqori baholagan. U „hokimiyatning befoydaligini hayotning boshida anglagan va otasi Taejong zulmining kuchayib borayotgan bosimiga dosh berish uchun kitob oʻqishga kirishgan inson obrazining yorqin tasviri“ ni yaratgan. Bu roli uchun SBS Drama Awards mukofotiga sazovor boʻldi.

Keyinchalik, MBCning sayyoradagi ekologik muammolarga bagʻishlangan olti qismli Antarktida koʻz yoshlari hujjatli filmida ham qatnashdi. Topgan pullarini hammasini xayriya ishlariga sarflagan. Tez orada kinoteatrlarda Pengi va Sommi (imperator pingvinlarining hayoti haqida hikoya) nomi bilan chiqdi.

Keyinchalik, 6 ta davlatni: Tailand, Singapur, Tayvan va Janubiy Koreyani qamrab olgan THRILL & LOVE Osiyo fan-turida qatnashdi.

2012–2015: Asosiy rollar va harbiy xizmati Aktyor 2012-yilni oʻz faoliyatidagi „fenomenal yil“ deb taʼriflaydi. U 2012-yil Toronto xalqaro kinofestivalida premyerasi boʻlgan „Kurt boʻri bola“ ilmiy-fantastik romantik trillerida bosh rolni oʻynagan. Rolga tayyorgarlik koʻrish chogʻida Song Joong-ki tabiat haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilgan va hayvonlarning harakatiga taqlid qilishni oʻrganish uchun koʻchalarda adashgan itlarni tomosha qilgan va vaqti-vaqti bilan Tim Bertonning „Eduard qaychi qoʻllari“ (1990) filmini tomosha qilgan. Mett Rivzning „Saga“ (2010) va Piter Jekson " Uzuklar hukmdori ", „Boʻri bola“ Pusan ​​xalqaro kinofestivalida namoyish etildi va barcha davrlardagi eng muvaffaqiyatli koreys melodramasi boʻldi. Tahminan 7 milliondan ortiq chipta bu kino uchun sotilgan.

Oʻsha yili aktyor televideniyada oʻzining birinchi asosiy rolini oldi – „Yaxshi yigit“ teleserialida. Uning jozibali antiqahramon tasviri tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi. Teleserial yuqori reyting va olqishlarga sazovor boʻldi. Bu film „Boʻri boʻri bola“ taʼsirchan film prokati bilan birga ham teleseriallarda ham filmlarda aktyorning melodrama janri „najotkori“ imidjini mustahkamladi.

2013-yil fevral oyida IHQ bilan shartnoma tugagach, Joong-ki boshqa kompaniya Blossom Entertainment ga qoʻshildi.

Majburiy harbiy xizmatdan oldin Song Joong-ki 2013-yil 17-avgustda muxlislar bilan uchrashuv oʻtkazdi. 27-avgustda u Chungcheongdagi harbiy lagerning 102-divizioniga yozildi. U DMZ da patrul va razvedka missiyalarini oʻtkazish uchun tayinlangan piyoda qoʻshinlar boʻlimida xizmat qilgan va 2015-yil 26-mayda boʻshatilgan.

2016 yildan hozirgi kungacha: Chet elda mashhurligi Harbiy xizmatdan soʻng Song Joong-ki kinoga gʻalaba bilan qaytdi. U „Quyosh avlodlari“ teleserialida rol oʻynadi va u yerda aktrisa Song Xye Kyo bilan birga ishladi. Song Joong-ki tinchlikparvar otryad rahbari rolini oʻynadi. Ushbu drama Koreyada 41,6% reyting bilan juda mashhur edi. Osiyoda serial iQiyi platformasida chiqarilib, u yerda 2,5 milliard marta koʻrilgan.

Aktyor „100 ta eng yaxshi kelajak avlod yetakchilari“ roʻyxatiga kiritilib, 34-oʻrinni egalladi. 2016-yilda 30 dan ortiq brendning yuziga aylandi va Koreyada „Yil brendi“ mukofoti sovrindorlaridan biri boʻldi. Keyin 60 000 dan ortiq muxlislar bilan uchrashgan 10 ta turli shaharni qamrab olgan Osiyo boʻylab sayohatga chiqdi .

2017-yilda „Kunham: Chegara oroli“ filmida rol oʻynadi. U yerda esa harakatning yana bir aʼzosini qutqarish uchun Hashima oroliga yashiringan Koreya mustaqillik harakati aʼzosi rolini oʻynadi. 2021-yil fevral oyida Song Joong-ki va Jung Yeo Bin ishtirokidagi „Vinchenzo“ kriminal dramasi chiqdi. Drama hafta oxiri dramalari orasida eng yuqori reytinglarni oldi va oʻzi efirga uzatilgan kanal boʻyicha barcha davrlarning eng yuqori reytingli 10 dramasi qatoriga kirdi. Intervyuda Song Joong-ki butun faoliyatidagi eng yaxshi kino Jung Yeo Bin bilan boʻlganini tan oldi.

Boshqa tashabbuslari Elchilik 2010-yilda Song va Park Shin-hye 17-Jeonju xalqaro kinofestivalining (JIFF) PR elchisi etib tayinlanishdi. Song 2011-yilda koʻzi ojizlar uchun audiokitoblar ishlab chiqarishga qaratilgan „Yaxshi yurakli kutubxona“ loyihasining elchisi boʻldi. 2013 yilda Song va Ha Ji-won Janubiy Koreya Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiy turizmning faxriy elchilari etib tayinlangan edi. Ular Medical Korea nomidan turli viloyatlarga tashrif buyurishdi va tibbiy turizm boʻyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashishdi. 2016-yilda Song Janubiy Koreya Madaniyat, Sport va Turizm vazirligi qoshidagi Koreya turizmining faxriy elchisi va reklama roliklari uchun model sifatida tanlab olindi. 2017-yildan 2021-yilgacha aktyor Incheon xalqaro aeroportining faxriy elchisi boʻldi.

Xayriyasi Song 2011-yildan beri saraton kasalligiga chalingan bolalarga homiylik qilib kelmoqda. 2016-yilning mart oyi boshida Koreya Bolalar Leykemiya jamgʻarmasi (KCLF) oʻzlarining rasmiy saytida bu haqda eʼlon qilishgan. Oxirgi 5 yil davomida 10 dan ortiq bolalar u tomonidan yashirin tarzda qilingan xayriya sbabli davo topishgan. Koreya Bolalar Leykemiya jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, u bolalar saratoni haqida xabardorlikni oshirish uchun „Sariq lenta uyushmasida“ qatnashgan.

2015-yilning aprel oyida Nepalda yuz bergan zilzila qurbonlari va bolalarga yordam berish uchun UNICEFning Koreya qoʻmitasiga 100 million von xayriya qilgan. Shuningdek, Song 2016-yilgi Osiyolik muxlislari uchrashuvida qatnashib olgan daromadining bir qismini 2008-yilgi Sichuan zilzilasidan jabrlanganlarga yordam beruvchi fondga xayriya qildi. Bundan tashqari, uning Seul va Tailanddagi muxlislar uchrashuvlaridan tushgan daromadlari nomaʼlum xayriya tashkilotlariga oʻtkazilgan. 2021-yilning 26-oktabrida Song yillar davomida qoʻshgan saxovatli hissasi uchun Prezidentning mukofotiga sazovor boʻldi. Shaxsiy hayoti 2017-yilning 5-iyulida „Quyosh avlodlari“ serialidagi hamkasbi Song Hye-kyo bilan unashtirilgani eʼlon qilindi. Ikki juftlik oʻsha yilning 31 oktyabrida turmush qurishdi. Toʻyda faqat oila aʼzolari va yaqin doʻstlari, jumladan Park Bo Gum, Li Kvang Su va Yu Ah Inlar ishtirok etishdi. Er-xotin 2019-yilning 26-iyunida ajrashayotganliklarini ommaga maʼlum qilishdi. 2022-yilning 26-oktyabrida Song britaniyalik qiz doʻsti bilan uchrashayotganligini tasdiqladi ammo uning shaxsi haqida boshqa hech narsa ochiqlamadi. 2023-yil 30-yanvarda Song britaniyalik sobiq aktrisa Katy Louise Saundersga uylanganini eʼlon qildi. Ularning birinchi farzandi 2023-yil 14-iyunda Rimdagi kasalxonalarning birida tugʻildi. 2024-yilning 8-iyulida er-xotin ikkinchi farzandini kutayotgani xabar qilingan. Manbalar

Turkum:Koreyalik aktyorlar Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Koreyalik erkak aktyorlar