Nusrat Rahmat – oʻzbekistonlik publitsist, yozuvchi va jurnalist. 2004-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist unvoni bilan taqdirlangan.

Hayoti 1941-yilning 3-iyul kuni Samarqand tumanida joylashgan Qoʻshmachit qishlogʻida tavallud topgan. „Lenin yoʻli“ gazetasida ishlagan, „Qishloq haqiqati“ gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari boʻyicha muxbiri boʻlgan. Keyin Toshkentga koʻchib „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi,"Mehnat" nashriyoti, Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasida xizmat qilgan.

Ijodi Nusrat Rahmatning ilk kitobi 1975-yilda „Agar tabiatni sevsangiz“ nomi ostida bosib chiqariladi. Keyinchalik adibning „Chanqovuz“, „Olis-olis soʻqmoqlar“, „Dasht“, „Zamondosh oʻylari“, „Selektsiya moʻjizasi“, „Soʻqmoqlar va saboqlar“ kabi yigirmadan ortiq hikoya va ocherklardan tashkil topgan kitob va kitobchalari dunyo yuzini koʻradihttp://nusratrahmat.blogspot.com/. Bundan tashqari „Taqdimot“ sheʼrlar toʻplami, „Fojia“ deb nomlangan hikoyalar toʻplami, shuningdek, „Men muxbirman“, „Men redaksiyadanman“, „Eng ashaddiy kallakesar“, „Asqad Muxtor dedilar“ singari kitoblari ham allaqachon xalqimiz qalbini zabt etgan. Nusrat Rahmat faqatgina bu bilan cheklanib qolmasdan gazeta, jurnal va hatto internet saytlaridahttps://zarnews.uz/uz/post/nusrat-rahmat-jadidlar-safida-turib yuzdan ortiq maqolalarini chop ettirgan. Bu esa uning xalqimizning jonkuyar farzandlaridan biri ekanligini isbotlaydi. Shunday buyuk xizmatlari sababli Nusrat Rahmat 2004-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni bilan taqdirlanadihttps://kh-davron.uz/tag/nusrat-rahmat.

Manbalar

Turkum:Adiblar Turkum:Samarqand viloyati yozuvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar