Banu Davs (arab. بنو دوس) Muhammad alayhissalom davridagi arab urugʻlaridan biri edi. Bu urugʻ Makkaning janubida joylashgan boʻlib, u Zahron qabilasining bir tarmogʻi boʻlgan. Banu Davsning rahbarlaridan biri Muhammad alayhissalomning sahobalari Tufayl ibn Amr edi.
Qiyomat qachon boʻlishi haqidagi hadislardan birida Banu Davs urugʻining nomi zikr qilingan: Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Davs ayollarining ketlari Zul-xalasa (tavofi)da selkillamaguncha, qiyomat qoim boʻlmaydi”, deganlarini eshitdim. Zul-xalasa johiliyya davrida Davs qabilasi tomonidan sig‘iniladigan but edi. (Imom Buxoriy rivoyati)
Banu Davslik mashhur shaxslar: Tufayl ibn Amr Davsiy (r.a.) Abu Hurayra (r.a.)
Manbalar
Turkum: Qabila