Eron Markaziy banki (CBI; ; SWIFT kodi: BMJIIRTH) Eron Islom Respublikasining markaziy banki va mamlakat bank tizimi regulyatori.

1960-yildagi Eron Bank va valyuta faoliyati qonuni asosida tashkil etilgan boʻlib, u Eron hukumati bankiri sifatida xizmat qiladi va mamlakatda banknot va tanga chiqarish boʻyicha mutlaq huquqqa ega. Markaziy bank Eron riali qiymatini saqlab qolish va banklar va kredit tashkilotlarini nazorat qilish vazifasini bajaradi. U Eron milliy javohirlari, shuningdek, valyuta va oltin zaxiralarining saqlovchisi sifatida faoliyat olib boradi. Bank Osiyo kliring ittifoqining taʼsischi aʼzosi ham hisoblanadi, xorijdagi oltin va kapital oqimlarini nazorat qiladi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasida (XVJ) Eronni tamsil qiladi va xalqaro miqyosda Eron va boshqa davlatlar oʻrtasida toʻlov bitimlarini tuzadi.

2022-yil 21-sentyabr kuni Anonymous xakerlar guruhi tomonidan Eron Islom Respublikasining veb-saytiga DoS hujumlar amalga oshirildi va buning natijasida hozirda saytga kirish imkoniyati mavjud emas. Xakerlik hujumi Mahso Aminiyning oʻlimi munosabati bilan oʻtkazilgan norozilik belgisi boʻlgan.

Tarixi Eronda qogʻoz pullarni muomalaga kiritishga birinchi urinish milodiy 13-asrda moʻgʻul Elxoniylar davrida amalga oshgan. Xitoyning Song sulolasi davridagi innovatsiya Eronda tadbiq etilmagan va qogʻoz valyuta bir necha asrlar davomida Eronga hech bir shaklda qaytish imkoniyatiga ega boʻlmagan.

Zamonaviy davr thumb| Eron Shahanshoh banki, Tehron, 1902-yil 1889-yilda Britaniya egalik qiladigan Eron Shahanshoh banki tashkil topdi va unga Eronda banknotlarni chiqarish uchun mutlaq huquq berildi. 1890-yilda bank Eronda 1 dan 1000 tumangacha boʻlgan birinchi banknotlarni muomalaga kiritdi. Bank Eron kapital shakllanishini kuchaytirish yoki Eronning oʻsha paytdagi valyutasi qironni qoʻllab-quvvatlash uchun tayinli ish qilmadi.

Britan banki bilan raqobat qilish uchun Rossiya imperiyasining Rossiya kredit va taraqqiyot banki mamlakatda oʻz faoliyatini boshladi. Rossiyalik yahudiy tadbirkor Polyakovning Esteqrazi banki 1898-yilda Chor Rossiyasi tomonidan sotib olindi va keyinchalik 1920-yilda shartnoma bilan Eron hukumati qoʻliga oʻtdi. 

1927-yilda Eron hukumati tomonidan birinchi davlat banki Eron Milliy banki tashkil etildi. 1930-yil 30-mayda u Eronning markaziy banki sifatida faoliyat yuritish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oldi va 200 000 funt sterling evaziga Shahanshoh bankka tegishli boʻlgan huquqlarni sotib oldi, bundan tashqari bir vaqtning oʻzida tijorat banki sifatida ham faoliyat yuritishni davom ettirdi. Bankning asosiy maqsadi hukumatning moliyaviy operatsiyalarini osonlashtirish va Eron valyutasini (rial va tuman) emissiya qilish va tarqatish edi. Oʻttiz yildan koʻproq vaqt davomida Eron Milliy banki markaziy bank vazifasini bajargan va Eron rialining qiymatini saqlash masʼuliyatini oʻz zimmasiga olgan. 1955-yilda bank zimmasiga mamlakat bank tizimini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

1960-yil avgust oyida hukumati Eron Markaziy bankini tashkil qildi va markaziy bankka tegishli barcha majburiyatlarni Milliy bankdan ajratib, uni yangi tashkil etilgan markaziy bankka yukladi. Eron Islom Respublikasi Markaziy banki (MB) doirasi va vazifalari Eronning Bank va valyuta faoliyati qonunida (1960) belgilangan.

Islom inqilobidan keyin Eron Markaziy banki nomi „Eron Islom Respublikasi Markaziy banki“ deb oʻzgartirildi va 1983-yilda mamlakat bank tizimiga foizli daromad topish yoki toʻlashni taqiqlovchi yangi islomiy qoidalar amal qila boshladi.

Markaziy bank Eronning sobiq qirollariga tegishli boʻlgan va ular tomonidan foydalanilgan tarixiy va qadimiy zargarlik buyumlari muzeyiga egalik qiladi. Ushbu muzeyda Eron milliy javohirlari joylashgan va mamlakatning eng jozibali sayyohlik nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Tuzilmasi thumb|293x293px| Markaziy bank minorasi, Eron Markaziy bankining bosh ofisi

Pul va kredit kengashi Eron Markaziy bankining bank siyosatini ishlab chiquvchi oliy organi Pul va kredit kengashi (PKK) hisoblanadi. Uning doimiy aʼzolariga Markaziy bank rahbari, Eron moliya va iqtisod vaziri, Eron davlat hayʼati (mamlakat hukumati) tomonidan tayinlangan ikkita vazir, Savdo-sanoat palatasi rahbari, Bosh prokuror va ikkita parlament deputati kiradi.

Har yili hukumatning yillik budjeti tasdiqlangandan soʻng, Markaziy bank tasdiqlash uchun Pul va kredit kengashiga pul va kredit siyosatining batafsil sharhini taqdim etadi. Keyinchalik, ushbu siyosatning asosiy elementlari besh yillik iqtisodiy rivojlanish rejasiga kiritiladi. PKK har chorakda yigʻiladi.

Amalda, bank tizimining pul yaratish qobiliyati naqdsiz pullar (talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar va chek daftarchalari) uchun zaxira saqlash zarurati bilan cheklanmaydi. Yaʼni aksariyat banklar avval kredit beradi va keyin esa zaxiralarni qidiradi. Mamlakatning parlament tadqiqotlari markaziga koʻra, Eron Markaziy banki inflatsiyaga qarshi kurashish uchun hukumatdan koʻproq mustaqil boʻlishga muhtoj. 2010-yil holatiga koʻra, Eron Markaziy banki „faol“ pul-kredit siyosatini olib borishga qodir emas (masalan, obligatsiyalarni chiqarishdan oldin u Majlis roziligini olishi kerak) va hukumatning fiskal siyosati ustidan nazoratga ega emas.

Bosh Assambleya Markaziy bank direktorlar kengashining amaldagi tuzilmasi tarkibiga mamlakat prezidenti, Iqtisodiyot va Savdo vazirlari, Prezidentning strategik rejalashtirish boʻyicha oʻrinbosari va hukumat tomonidan tayinlanadigan vazir kiradi.

„Islohot“ taklifi 2010-yilda Majlis tomonidan taklif qilingan yangi qonunga koʻra, kamida 15 yillik ish tajribasiga ega yetti nafar iqtisodchi Bosh assambleyaga aʼzo boʻlishi kerak edi, bu esa Markaziy bankni qaror qabul qilish jarayonida davlat hukmronligidan xususiy sektor koʻproq soʻz yuritadigan organga aylantirishi kerak edi. Assambleya aʼzolari 10 yil muddatga va faqat bir marta saylanadi. Oʻshanda prezident Mahmud Ahmadinajod ushbu taklifni tanqid qilib, Eron Markaziy banki xususiy nazorat ostiga tushmasligi muhimligini, chunki „uzoq muddatda bu Eron xalqiga foyda keltirmasligini“ aytdi. 

Rahbarlari Markaziy bank rahbari Eron prezidenti taklifiga koʻra Bosh assambleya tomonidan saylanadi va prezident farmoni bilan tasdiqlanadi.

Maqsadlari va vazifalari Eron Islom Respublikasi Markaziy bankining nizomi va Eronning Bank va valyuta faoliyati qonunining 10-boʻlimiga muvofiq maqsadlari quyidagilardan iborat:

Milliy valyuta barqarorligini saqlash; Toʻlov balansida muvozanatini saqlash; Savdo bilan bogʻliq moliyaviy operatsiyalarni osonlashtirish; Mamlakatning iqtisodiy oʻsish salohiyatini oshirish.

Qonunchilikda koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Markaziy bankka quyidagi funksiyalarni bajarish masʼuliyati yuklangan:

Banknotlar va tangalarni muomalaga kiritish; Banklar va kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish; Xorijiy valyuta siyosati va operatsiyalarini shakllantirish va tartibga solish; Oltin operatsiyalarini tartibga solish; Milliy valyutaning kirib kelishi/chiqib ketishi hamda undagi tranzaksiyalarni shakllantirish va tartibga solish.

Islom bankchiligi Eron inqilobidan keyin Markaziy bank islom bankchilik qonunini yaratishiga toʻgʻri keldi. 1983-yilda Eron Majlisi tomonidan Islomiy bank faoliyati qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun shaʼriy tijorat qonunlarining forsiy shia versiyasini tavsiflaydi va ruxsat beradi (kamroq „liberal“ sunniy versiyasidan farq qiladi). Ushbu qonunga koʻra, Eron banklari faqat foizsiz islomiy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin (chunki foizlar sudxoʻrlik yoki „ribo“ hisoblanadi va Islom va Qurʼoni Karim tomonidan taqiqlangan). Ushbu operatsiyalar Mubodala deb nomlangan „vaqtinchalik foyda“ ulushi evaziga tovarlar va xizmatlar almashinuvini oʻz ichiga olgan tijorat operatsiyalari hisoblanadi.

Amalda, Eron rasman „vaqtinchalik“ deb ataladigan foiz stavkalaridan foydalanadi, chunki omonatchilarga toʻlanadigan yoki qarzdorlardan olingan stavkalar biznesning foydasi yoki zararini aks ettirishi kerak. Ushbu qoidalarga koʻra, „dividendlar“ deb ataladigan omonat stavkalari nazariy jihatdan bankning rentabelligi bilan bogʻliq. Yaʼni bank koʻproq foyda olsa, koʻproq dividend toʻlashi, kamroq foyda olsa, kamroq dividend toʻlashi, zararga kirsa, omonatchilar ham zararga sherik boʻlishi kerak. Biroq amalda bu dividendlar qatʼiy belgilangan daromad stavkalariga aylangan – omonatchilar banklar koʻradigan zarari natijasida hech qachon oʻz jamgʻarmalarini yoʻqotmagan va deyarli hech qachon vaqtinchalik oldingi foyda stavkalaridan koʻproq daromad ololmagan. Kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar „toʻlovlar“ yoki korporativ foydaning ulushi sifatida taqdim etiladiIran Financial Services Forecast, Economist Intelligence Unit, August 18, 2008. Bu kabi barcha operatsiyalar Muzoraba, Forush Agʻsati, Joala, Salaf va Qarz hasana kabi 12 ta Islomiy shartnomalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar va tegishli amaliyotlar tafsilotlari Eronning Foizsiz bank qonunchiligi va uning koʻrsatmalarida keltirilgan. Bunga misollar:

Qarz hasana: Bank tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsga maʼlum muddatga beriladigan foizsiz, notijorat krediti (anʼanaviy bank ishidagi talab qilib olinguncha omonatlarga oʻxshash). Joala: Bir tomonning (jael, bank yoki ish beruvchi) shartnoma shartlariga muvofiq belgilangan xizmatni koʻrsatish evaziga boshqa tomonga maʼlum pul (joal) toʻlash majburiyati. Xizmat koʻrsatuvchi tomon „Amel“ (agent yoki pudratchi) deb nomlanadi. Mosaqat: Bogʻ yoki bogʻ egasining boshqa taraf (Amel yoki Agent) bilan bogʻ yoki bogʻ hosilini yigʻish va uni belgilangan nisbatda ikki tomon oʻrtasida taqsimlash maqsadida tuzilgan shartnoma. Oʻrim-yigʻim bogʻ yoki bogʻdagi oʻsimliklarning mevalari, barglari, gullari va boshqalar boʻlishi mumkin. Muzora: Bank (Muzor) yerni dehqonchilik qilish va hosilni ikki tomon oʻrtasida belgilangan nisbatda taqsimlash uchun maʼlum bir muddatga boshqa tomonga (Amel yoki Agent) topshiradigan shartnoma. Muzoraba: Bank naqd kapitalni taqdim etish majburiyatini olgan shartnoma va boshqa tomon (Amel yoki Avent) kapitalni tijorat maqsadlarida ishlatish va foydani amal qilish muddati oxirida ikki tomon oʻrtasida maʼlum nisbatda taqsimlash majburiyatini oladigan shartnoma shakli.

Standard & Poor’s reyting agentligi maʼlumotlariga koʻra, shariy halol aktivlar miqdori dunyo boʻylab qariyb 400 milliard dollarga yetgan va potentsial bozor 4 trillion dollarni tashkil etadi. Eron, Saudiya Arabistoni va Malayziya eng yirik shaʼriy halol aktivlarga egalik qiladi.

XVJ maʼlumotlariga koʻra, islom banki sof monetar chayqovchilikni taqiqlaydi va bitimlar real iqtisodiy faoliyatga asoslangan boʻlishi kerakligini taʼkidlaydi va shuning uchun moliyaviy tizimlar barqarorligi uchun anʼanaviy bankdan koʻra kamroq risk tugʻdiradi.

Tanqidlar Tanqidchilarning fikricha, Eronning foizsiz bank qonuni sudxo‘rlik yoki riboni qonuniylashtirish uchun sharoit yaratgan. Amaliyotda barcha banklar oʻz qarz oluvchilardan yiliga kamida bir marta Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan foiz stavkasi boʻyicha oldindan belgilangan miqdorda komissiya undiradi. Ushbu shartnomalar doirasida hech qanday tovar yoki xizmatlar almashtirilmaydi va banklar kamdan-kam hollarda tijorat riskini oʻz zimmalariga oladi. Koʻchmas mulk, qimmatli qogʻozlar, bank kafolatlari va asbob-uskunalar kabi yuqori qiymatli garov taʼminoti vositalari bilan har qanday risk xavfi yoʻqoladi. Qarzdor toʻlovni toʻlamagan yoki bankrot boʻlgan taqdirda, asosiy qarz, kutilayotgan foizlar va kechiktirilgan toʻlovlar garov taʼminotiga egalik qilish yoki sotish orqali undiriladiIran Financial Services Forecast, Economist Intelligence Unit, August 18, 2008.

Toʻlov tizimlari