Nikola Stoshich (; ; 1994-yil 15-martda tugʻilgan) – serb va tojikistonlik professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. 2026-yilning yanvar oyidan Oʻzbekistonning „Xorazm“ klubida toʻp tepadi.
Futbolchilik faoliyati Serbiyada u „Rad“ va „Red Star“ klublarining yoshlar jamoalarida oʻynagan, Bosniyaning „Jeleznichar“ klubining yoshlar jamoasida oʻynagan.
2011-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida u 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi, oʻsha turnirda terma jamoa tarkibida Daniya yoshlar terma jamoasiga qarshi bitta oʻyin oʻtkazdi, unda daniyaliklar 2:3 hisobida gʻalaba qozonishdi.
2013-yilning fevralida Nikola Stoshich Tojikistonning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik Stoshich 2020-yilgacha „Istiqlol“ safida asosiy darvozabon boʻlgan va jamoaning yetakchilaridan biri hisoblangan.
2016-yil yanvar oyida Nikola Stoshich Tojikiston Respublikasi fuqaroligini olgan va shu tariqa oʻz jamoasida legioner hisonlanishi toʻxtatilganfft.tj – Nikola Stoshich i Mexdi Choxdjui prisoedinilis k sboram komandi v Tursii.
2022-yilgi mavsum avvalida Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirokchisi boʻlgan „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum yakunida klub tarkibida 21 ta oʻyin oʻtkazgan va klub bilan Pro liga gʻolibi boʻlgan. 2023-yil 22-iyunda klub bilan oʻzaro kelishuvga koʻra jamoani tark etgan.
Yutuqlar
Jamoaviy
Istiqlol
Tojikiston chempioni: 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 Tojikiston chempionatining kumush medali sohibi: 2013 Tojikiston kubogi sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016, 2018, 2019 Tojikiston Superkubogi sohibi: 2014, 2015, 2016, 2018, 2019 OFK kubogi finalchisi (2): 2015, 2017
Shaxsiy
Tojikistonda yilning eng yaxshi darvozaboni : 2015, 2017, 2018.
Manbalar
Havolalar
Nikola Stoshich Tojikiston futbol federatsiyasi saytida Nikola Stoshich Footballdatabase saytida Nikola Stoshich Transfermarkt saytida Nikola Stoshich Soccerway saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FK Železničar Pančevo futbolchilari Turkum:FC TEK Sloga futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:FK Prva Iskra futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi serbiyalik muhojir sportchilar