Adolat mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi mahalla. Navroʻz, Qoʻshchinor, Husniobod, Astrobod mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yil 22-aprelda Navroʻz mahallasi ikkiga boʻlinib, ushbu mahallaga Adolat nomi berilgan. Aholisi 6 060 kishi (2009). Oʻzbek, rus, tojik, yahudiy, tatar, koreys, arman, qozoq, ozarbayjon, turk,uygʻur, turkman, gruzin, qrim-tatar va qirgʻiz millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Mahalla hududida 2 ta maktab, 3 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, dorixona va 1 ta madaniyat muassasi bor.
Manbalar
Turkum:Yunusobod tumanidagi mahallalar