Xosiyatli mahallasi (Inqilob koʻchasi) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Asalobod, Fazogir, Beshariq, Nodira, Shohimardon, Katta Yangiobod, Yangi Davr mahallalari bilan chegaradosh. 1969-yil tashkil topgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomi berilgan. Aholisi 3 992 kishi, asosan oʻzbeklar, boshqa millat vakillari ham yashaydi (2008). Mahalla hududida bolalar bogʻchasi, 5 ta savdo doʻkoni, 2 ta sartaroshxona, dorixona, „Suvsoz“ korxonasining 4-sexi joylashgan.
2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Xosiyatli deb oʻzgartirilgan.
Manbalar
Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar