Bogʻzor mahallasi (7-mavze, 45a-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Oqtepa, Qatortol va Lutfiy mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yilda Oqtepa mahallasidan ajralib chiqqan. Bu yerlar oʻtmishda bogʻlari bilan mashhur boʻlgani uchun Bogʻiston deb atalgan. Aholisi 5 150 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogchasi, toʻyxona, masjid, 5 ta oziq-ovqat doʻkoni, 3 ta dorixona, kafe, sartaroshxona, poyabzal taʼmirlash ustaxonasi mavjud.
2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Bogʻzor deb oʻzgartirilgan.
Manbalar
Turkum:Chilonzor tumanidagi mahallalar