Sarxumdon mahallasi (Gulobod dahasi, 86/1) – Oʻzbekiston Respublikasi Shayxontohur tumanidagi mahalla. Gulobod, Kattahovuz mahallalari bilan chegaradosh.
Tarixi Shoʻrolar davrida 1975-yilgacha mahalladagi „Qizil tovush“ kuch. nomi bilan atalgan. 1975-yil yakka tartibdagi eski uylar buzilib, yangi koʻp qavatli binolar qurilgach, Gulobod dahasi yuzaga kelgan. 1991-yil 28-aprelda mahalla „Sarxumdon“ tarixiy nomi bilan qayta tashkil qilingan.
Aholisi Aholisi 7 100 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi.
Binolar Mahalla hududida 36 ta koʻp qavatli uylar, bolalar bogʻchasi, „Tekstil Impeks“ qoʻshma korxonasi, maxsus internat-maktab joylashgan.
Manbalar
Turkum:Shayxontohur tumanidagi mahallalar