Kamolot mahallasi (Feruza mavzesi, 33-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahalla. Shalola, Feruza, Katta Yalongʻochota mahallalari bilan chegaradosh. 1996-yil 29-aprelda tashkil topgan. 2016-yil 28-aprelgacha Yalongʻochota mahallasi nomi bilan yuritilgan. Oʻsha yili 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Kamolot deb oʻzgartirilgan.
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021-yil 29-apreldagi 364/39-6-sonli qaroriga muvofiq Kamolot mahallasining bir qismida Yangi Kamolot mahallasi tashkil etilgan.
Mahalla keksalarning fikricha, 1908-yilgacha mahalla hududida chaylada Yalongʻoch nomi bilan mashur boʻlgan avliyo oʻtgan. U qish mavsumida ham oyoq yalang, bir yaktada yurgan va oʻziga xos karomatlar koʻrsatgan. Joy nomi shu shaxsga nisbatan berilib „Yalongʻochota“ deyiladi. Aslida bu unchalik toʻgʻri emas, chunki bu atama 19-asrda ham mavjud boʻlgan. Yalongʻochota – oʻtmishda oʻzbek va qozoq xalqlarida shamol homiysi hisoblangan (Katta Yalongʻochota). Aholisi 8 952 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 19 ta millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 4 ta avto-korxona, farmatsevtika korxonasi, 2 ta oʻrta maktab, 4 ta bolalar bogʻchasi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi joylashgan.
Manbalar
Turkum:Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalar