Arbad ibn Humayra (arab. أربد بن حميرة) Abu Mahsiy kunyasi bilan tanilgan boʻlib, u Banu Asad ibn Xuzayma qabilasiga mansub sahobiy edi. Musulmon tarixchilar uning ismi haqida ixtilof qilganlar. Ibn Hishom va Shayboniy uning ismini Arbad ibn Humayyar yoki Arbad ibn Hamza deb aytishgan. Ibn Sa’dga koʻra esa, uning ismi Abu Mahsiy Suvayd ibn Adiy edi.
Madinaga hijrat qilishdan oldin Arbad bir marta Habashistonga hijrat qilgan.
Arbad Madinaga Ukosha ibn Mihsan, Uqba ibn Vahb, Shu’ja ibn Vahb, Munqiz ibn Nubata va boshqa koʻplab kishilar bilan birga kelgan.
Arbad Badr jangida qatnashgan.
Manbalar
Turkum:Islom Turkum:Tarix Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar