Katta Doʻmbirobod mahallasi (Oʻsmir 1-tor koʻchasi, 2) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Doʻmbirobod, Naqqoshlik va Tirsakobod mahallalari bilan chegaradosh. 1957-yilda tashkil etilgan. 2007-yil bu mahalladan Kichik Doʻmbirobod mahallasi ajralib chiqqan. Katta Doʻmbirobod aholisi 5 126 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 20 ta koʻcha, 2 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta oʻrta maktab, 1 ta kollej, oziq-ovqat doʻkoni, novvoyxona, bozorcha, Sobir Rahimov avtobekati mavjud. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov shu mahallada yashagan.

Manbalar

Turkum:Chilonzor tumanidagi mahallalar