Istirohat mahallasi (Shamsiya koʻchasi, 30) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Shaftolizor, Bekobod, Qoryogʻdi, Jarbuloq, Oʻtkir mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yilgacha Furqat mahallasi deb atalgan. Bu mahalla dastlab Shayxontohur tumanidagi telemarkaz binosi hududida joylashgan. Zilzila tufayli mahalla aholisi sobiq „Oktyabr“, hozirgi „Bekobod“ dahasiga koʻchib kelgan. 1966-yil avgustdan tashkil toptan. 2005-yildan hozirgi nomda atala boshlangan. Aholisi 2 680 kishi, asosan oʻzbeklar (2008). Mahalla hududida jome masjidi, oʻrta taʼlim maktabi, bolalar bogʻchasi mavjud.

Manbalar

Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar