Vitaliy Evgenyevich Jilkin (1963-yil 27-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2019-yil 26-oktyabr, Barnaul) — sovet futbolchisi, rossiyalik murabbiy. SSSR sport ustasi.
Biografiya Toshkent futboli tarbiyalanuvchisi, SSSR yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan. Faoliyatini „Traktor“ jamoasida futbolchi sifatida boshlagan. 1981-yilda u SSSR chempionati oliy ligasida oʻynagan "Paxtakor" klubiga oʻtib, uning tarkibida 22 ta oʻyin oʻtkazdi.
„Paxtakor“ni tark etgach, u Jizzaxning „Zvezda“, "Sohibkor", Olmaliqning „Metallurg“ va Chirchiqning „Selmashevets“ klublarida toʻp surdi. 1989-yilda u sobiq jamoasi Toshkentning „Traktor“ klubiga qaytdi.
Futbolchi sifatidagi faoliyatini 1994-yilda Vengriyaning „Jasboldoghaza“ havaskor klubida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati Vengriyaga koʻchib oʻtishdan oldin ham Jilkin oʻzining „Traktor“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan.
2000-yilda u Barnaulga koʻchib oʻtdi va u yerda mahalliy „Dinamo“ tarkibida ishladi. 2000-2001-yillar oraligʻida esa jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
2004-yilda u Naxodkaning „Okean“ da murabbiy boʻlib ishlagan, biroq mavsum oxirida Barnaulga qaytgan. „Dinamo“ning asosiy jamoasida qisqa vaqt oʻtgach, Jilkin klub maktabida yosh futbolchilarni tarbiyalashga kirishdi.
Vafoti 2019-yil 26-oktabr kuni Jilkin yo‘l chetida to‘xtab turgan mashinasida vofot etgan holda topilgan. Shifokorlar oʻlimning dastlabki sababini yurak xuruji ajralishi deb atashdi.
Manbalar
Havolalar
Profil na sayte FootballFacts.ru
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:27-avgustda tugʻilganlar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:26-oktyabrda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Traktor Toshkent klubi bosh murabbiylari