Asrol Boyqarayev (1967-yil 29-dekabr; Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR, SSSR) — 2018-yildan beri Koson tumani hokimi .
Biografiyasi 1967-yil 29-dekabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek. Maʼlumoti—oliy. 1993-yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. 2000-yildan boshlab viloyat va Respublikadagi tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2018-yildan hozirga qadar Koson tumani hokimi lavozimida faoliyat koʻrsatmoqda.
Mukofotlari Sodiq xizmatlari uchun medali (2020-yil avgust). Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi Oʻzbekistonda keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtibori va nufuzini yuksaltirishga qoʻshgan munosib hissasi, ilgʻor innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston tumanlari hokimlari