Asal Saparboeva Littos taxallusi bilan tanilgan (1994-yil 7-fevralda tugʻilgan) – oʻzbek sobiq badiiy gimnastikachisi va Oʻzbekiston milliy olimpiya terma jamoasi aʼzosi. 2014-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2014-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtgan FIG Jahon kubogi bronza medali sovrindori. U 2010- va 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida, Gimnastika boʻyicha Janubiy Markaziy Osiyo chempionatining Dhaka-2011 va badiiy gimnastika boʻyicha 2014-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
Gimnastika karyerasi 5 yoshdan 21 yoshgacha u professional ravishda gimnastika bilan shugʻullangan. 2007–yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Shu paytdan boshlab u xorijga yirik xalqaro musobaqalarga sayohat qila boshladi va Oʻzbekiston sharafi uchun kurasha boshladi. Koʻp karra Oʻzbekiston chempioni, 2010-yil Xitoy, Guanchjoudagi Osiyo oʻyinlari bronza medali sovrindori, 2011-yilda Dhakadagi Markaziy va Janubiy Osiyo oʻyinlari chempioni va 2014-yil Portugaliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori.
2010–yilgi Osiyo oʻyinlari Guanjou, Xitoy. MedalNomiSportTuriSanaAsal SaparbaevaBadiiy GimnastikaAyollar Badiiy Gimnastikasi17–Noyabr 2011–yil Badiiy gimnastika boʻyicha 4-Markaziy va Janubiy Osiyo chempionati MedalIsmSportTuriSanaAsal SaparbaevaBadiiy GimnastikaAyollar Badiiy Gimnastikasi30–Oktyabr 2014–yilgi FIG Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi MedalIsmSportTuriSanaAsal SaparbaevaBadiiy GimnastikaAyollar Badiiy Gimnastikasi1–Iyun
Shaxsiy hayoti Asal Saparboeva Nikolenko Yaroslav bilan oila qurgan.
Taʼlimi 2005-2013–yillarda Respublika olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olgan. 2013-2017–yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida tahsil olgan.
Manbalar
Havolalar
Littos YouTubeda Littos Instagramda Littos TikTokda Littos Telegramda Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston gimnastikachilari Turkum:Oʻzbekiston olimpiya gimnastikachilari Turkum:Oʻzbekistonlik ayol sport gimnastikachilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar