Muhammad ibn Shihobuddin ash-Sharvoniy (hijriy 892-yil (milodiy 1487-yil)da vafot etgan) — mantiq, usul, jadal va bayon ilmlarini bilgan. Asarlari „Hoshiya ala-l-uzd ala muntahiyu-s-sual va-lamal fi ilmay al-usul va-l-jadal“ („Usul va jadal ilmlari haqidagi savol va umidning haddini aniqlashga yordam beruvchi kitob sharhiga hoshiya-izoh“); „Hoshiya ala sharhi-s-sayyid li miftohi-l-ulum li-s-Sakkokiy“ ("Sakkokiy qalamiga mansub „Miftohu-l-ulum“ ning Sayyid sharhiga hoshiya-izoh"); „Hoshiyatu-l-qutbfi-l-mantiq“ („Qutbuddinning mantiq ilmiga oid sharhiga hoshiya-izoh“).
Manbalar