Potsdam — Germaniyadagi shahar. Brandenburg yerining maʼmuriy markazi. Berlindan jan.-gʻarbdagi koʻllar boʻyida joylashgan. Aholisi 129,8 ming kishi (1998). Transport yoʻllarining yirik tuguni. Xafel daryosi boʻyidagi port. Mashinasozlik rivojlangan. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatning tarixiy va mada-niy markazlaridan. Kinematografiya va televideniye oliy maktabi, astrofizika rasadxonasi, muzey bor.
P. yilnomalarda X asrdan tilga olingan. XIII asrda Brandenburg Markgrafligi tarkibiga kirgan. XV asrda shahar huquqini olgan. XVIII asr oxiridan Prussiya qirollarining yozgi qarorgohi.
P.da 1945-yilda SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya davlat rahbarlarining konferensiyasi (Berlin konferensiyasi) boʻlib oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan XVIII—XIX asrlarda qurilgan saroy va cherkovlar, shu jumladan, San-Susi saroybogʻ majmuasi (1745—62) saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Potsdam Germaniyaning Brandenburg yerida joylashgan shahar. Ushbu shahar Maydoni — 187,28 km2. 156 906 nafar aholi istiqomat qiladi (2010).
Geografiyasi Hududi Potsdamning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.
Demografiyasi
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari