Taxmina Ikromova (2004-yil 6-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachi. U 2022-yilgi Osiyo chempionatining koʻpkurash boʻyicha chempioni.
Faoliyati Boshlangʻich faoliyati 2019-yilda Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi va jamoaviy bahslarda 11-oʻrinni egalladi. Yakka tartibda u arqon va lenta kvalifikatsiyalarida 10-oʻrinni egalladi.
Keyingi faoliayati 2021-yilda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha Osiyo chempionatida u koʻpkurash, klublar va lenta bahslarida kumush, halqa finalida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Yaponiyaning Kitakyusyu shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u koʻpkurash boʻyicha 29-oʻrinni egalladi.
2022-yilda Toshkentda boʻlib oʻgan jahon chempionatida ishtirok etib, koʻkurashda sloveniyalik Yekaterina Vedeneevaga qarshi gilamga chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u halqa va klublar finalida oltin medal, lenta finalida bronza medalini qoʻlga kiritdi va toʻp finalida 4-oʻrinni egalladi.
Yutuqlari seriyalarida yakkalik boʻyicha finalda oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek badiiy gimnastikachisi. seriyalarida koʻpkurash bahslarida medal qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek badiiy gimnastikachisi. Mukofotlari Yilning eng yaxshi ayol sportchisi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi unvoni (2025).
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari Turkum:Samarqandda tugʻilganlar