Muhammad ibn Amin as-Saidiy al-Ardabiliy (? — 1471-yil) — „Mir Abul Fath“ nomi bilan mashhur boʻlgan fozil. Qozizoda ar-Rumiydan ilm oʻrgangan. U 1471-yildan keyin vafot etgan. Asarlari „Hoshiya ala sharhi odobi-l-fozil“ („Fozil inson odobi haqidagi sharhga hoshiya-izoh“) „Hoshiya ala sharhi Qozizoda li-ashkoli-t-taʼsis“ (Shamsuddin as-Samarqandiyning „Ashkolu-t-taʼsis“ asariga Qozizoda Rumiy tomonidan yozilgan sharhga hoshiya-izoh") „Hoshiya ala sharhi-t-Tabriziy“ („at-Tabriziy sharhiga hoshiya-izoh“) „Hoshiya ala qismi-l-mantiq mina-t-tahzib li-t-Taftazoniy va ala sharhi tahzibi-l-mantiq li-Jaloluddin ad-Davvoniy“ (Taftazoniy qalamiga mansub „Tahzib“ning mantiqqa oid qismiga va Jaloluddin Davvoniyning „Tahzibu-l-mantiq“ sharhiga hoshiya-izoh") „Hoshiya ala sharhil-odobi-l-azdiya“ („Sharhu-l-odobi-l-azdiya“ga hoshiya-izoh").

Manbalar

Turkum:1471-yilda vafot etganlar