Sulgi Lutfullin (1923-yil 5-yanvar, Jarkent yoki Oʻzgan — 1990-yil 16-dekabr yoki 1991-yil, Andijon shahri) — Sovet Ittifoqi qahramoni (1945), 2-jahon urushi ishtirokchisi, kichik leytenant. Tarjimayi holi left|thumb|Sulgi Lutfullin (SSSR Mudofaa vazirligi plakati)thumb|Sulgi Lutfulin (Andijon viloyati Xotira maydoni)Sulgi Lutfullin 1923-yil 5-yanvarda Almati viloyati Jarkent shahri (baʼzi manbalarda Oʻsh viloyati Oʻzgan shahri) ishchi oilasida tavallud topgan. Millati oʻzbek (ayrim manbalarda uygʻur). Oʻrta maktabni tugatgandan keyin Oʻzgan shahrida yashay boshlagan va xalq sudida sud ijrochisi boʻlib ishlagan. 1942-yil mart oyida Andijon harbiy komissariat tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan. Shu yilning aprel oyidan 2-jahon urushida ishtirok eta boshlaydi. 1944-yil avgust oyidan katta serjant Lutfullin 1-Ukraina fronti 13-armiyasining 493-tankka qarshi qiruvchi artilleriya polki komandiri. Polshani ozod etishda jasorat koʻrsatgan. 1944-yil 18-avgustda Sandomir platsdarmidagi jangda Lutfullin polki nemislarning 12 ta tanki va piyoda qoʻshinlari qurshovida qoladi, ammo polk nemislarga qarshi jang olib borib, ularning 8 ta qarshi hujumini qaytaradi hamda 5 ta tankni yoʻq qilishgan. 1945-yil 29-yanvar polk Tarksdor aholi punkti (hozirgi Tarchalice qishlogʻi) yonidan oqib oʻtuvchi Oder daryosidan kechib oʻtib, daryoning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni egallash hamda saqlash uchun bo‘lgan jangda faol ishtirok etishadi. 1945-yil 30-yanvardagi jangda Lutfullin boshchiligidagi polk 7 ta tank va 1 ta bronetransportyorni yoʻq qilishadi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 10-apreldagi farmoni bilan katta serjant Lutfullinga Sovet Ittifoq Qahramoni unvoni berilib, „Oltin yulduz“ medali va Lenin ordeni bilan taqdirlanadi. 1945-yilda Lurfullin kichik leytenantlar kursini tamomlaydi. 1946-yilda zaxiraga olinib, harbiy xizmatdan ozod qilinadi. Shundan keyin Lutfullin Andijon shahrida yashay boshlaydi. 1964-yilda savdo institutini tugatib, savdo sohasida, shuningdek, Toʻqimachilik savdo () bazasida ombor mudiri boʻlib ishlagan.
Lutfullin 1990-yil 16-dekabr kuni Andijon shahrida vafot etgan (ayrim manbalarda vafot etgan sanasi 1991-yil deb berilgan).
Mukofotlari „Oltin yulduz“ medali (1945-yil 10-aprel); Lenin ordeni (1945-yil 10-aprel); 1-darajali Vatan urushi ordeni (1944-yil 9-aprel, 1985-yil 11-mart); „Jasurlik uchun“ medali; „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan savdo xodimi“ faxriy unvoni (1973-yil 2-fevral). Xotira Andijon shahridagi Xotira maydonida Lutfullinga atab yodgorlik oʻrnatilgan. Manbalar
Turkum:Oʻzgan shahrida tugʻilganlar Turkum:Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari Turkum:Kichik leytenantlar (SSSR)