300 px|thumb|Kaxovka toʻgʻoni (2006-yil) 2023-yil 6-iyun kuni Ukrainaning Xerson viloyatidagi Rossiya nazorati ostidagi Kaxovka toʻgʻoni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida vayron boʻlib, mintaqaga „halokatli suv toshqini“ bilan tahdid soldi.
Vaziyat 2022-yilda, Xerson qarshi hujumining yakuniga koʻra, Ukraina Rossiyani oʻch olish maqsadida portlovchi moddalar bilan toʻgʻonni buzishni rejalashtirayotganlikda ayblaganUkraineʼs Zelenskyy accuses Russia of planning to destroy dam, biroq rus kuchlari Ukrainaning oldinga siljishiga to‘sqinlik qilish uchun faqat Yangi Kaxovka yo‘li va ko‘prik qavatini vayron qilgan, buning natijasida baʼzi shluzlarga zarar yetkazilgan ediDamage to Russian-occupied dam submerges Ukrainian reservoir island community.
Keyingi oylarda Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga zarbalari natijasida bir nechta toʻgʻon urilib, aholining katta qismi suvsiz qolgan edi. Bundan tashqari Krivoy Rog shahrining toʻgʻoni raketa hujumi bilan va Oskil daryosi toʻgʻoni rus quruqlik kuchlari tomonidan vayron qilingan edi. Shuningdek, 2022-yil oktabr oyida urib tushirilgan Rossiya raketalari bilan hujumga urinish haqida xabar berilgan edi, nishon Dnestr daryosidagi toʻgʻon boʻlishi mumkin edi.
Hodisadan oldin New York Times Rossiya nazoratidagi toʻgʻon suv sathi misli koʻrilmagan darajada yuqori darajaga yetganidan keyin suv toshqini xavfi borligidan xabar qilgan ediRussian-Controlled Dam Risks Flooding in Southern Ukraine, 17 May 2023.
Tahlil Rossiya ham, Ukraina ham toʻgʻonni vayron qilganlikda qarshi tomonni aybladi. Toʻgʻon buzilgan paytda Rossiya nazorati ostida boʻlgan va uning suv sathi 30 yillik eng yuqori koʻrsatkichga chiqqan. Bu beparvolikmi yoki qasddanmi, nomaʼlum.
Taʼsir alt=Map showing the path of water flowing in the Dnipro River downstream of the Nova Kakhovka dam in Ukraine.|right|thumb|300x300px| Yangi Kaxovka toʻgʻonining quyi oqimidagi Dnepr daryosidagi oqim yoʻli.
Suv toshqini va evakuatsiya Ukraina Milliy politsiyasi Ukraina nazorati ostidagi Dneprning gʻarbiy qirgʻogʻidagi barcha fuqarolarni elektr jihozlarni oʻchirib, hujjat va zarur buyumlarni olib, Mikolaivka, Olhivka, Lyovo, Tyaginka, Poniativka, Ivanovka, Tokarivka, Pridniprovske, Sadove, Korabel oroli va Xersonning bir qismiga evakuatsiya qilishni soʻradiEvacuations begin after a major dam in southern Ukraine is heavily damaged.
Zarar tufayli suv toshqinlari paydo boʻldi, Zaporijjya atom elektr stansiyasini sovutadigan suv sathining ehtimoliy kamayishiga olib keldi.
Suv taʼminoti Suv omboridan keladigan suv quyi oqimda janubiy Ukraina va Qrim yarim orolini va yuqori oqimdagi Zaporijjya atom stansiyasini taʼminlaydi. Rossiya davlat matbuotining xabar berishicha, Rossiya tomonidan oʻrnatilgan Yangi Kaxovka meri toʻgʻonning buzilishi tufayli Shimoliy Qrim kanalidan Qrimga keladigan suv taʼminotida „muammolar“ paydo boʻlishini aytdi.
Reaksiya
Ukraina Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram kanalida shunday dedi:
Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak toʻgʻonning vayron qilinishi „ekotsid“ ekanligini aytdi.
Rossiya Federatsiyasi Rossiya ommaviy axborot vositalari Kaxovka GESi MLRS Vilkhadan otilganini daʼvo qilib, qoʻporuvchilik uchun aybdor Ukrainani ekanligini taʼkidlamoqda.
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Kaxovskaya GESini buzishga aloqadorlik ayblovlarini qatʼiyan rad etishini rasman eʼlon qildi va bu holatda gap Ukraina tomonidan ataylab rejalashtirilgan qoʻporuvchilik haqida ketayotganini aytdi. Kreml voqea oqibatlari uchun javobgarlikni Kiyev rasmiylariga yuklagan.
Xalqaro hamjamiyat Portlash paytida Ukrainada boʻlgan Britaniya tashqi ishlar vaziri James Cleverley „Bu muammoning yagona sababi Rossiyaning asossiz keng koʻlamli bosqinidir“, deya taʼkidladi. NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg voqeani „gʻazablantiradigan“, deya taʼrifladi. Bu esa „Rossiyaning Ukrainadagi urushining shafqatsizligini“ koʻrsatishini aytdi. European Council President Charles Michel called the blowing up of a hydroelectric power plant a war crime on the part of Russia.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Rossiyaning Ukrainaga bosqini Turkum:Ukraina Turkum:2023-yil voqealari Turkum:Ekologiya