Mamatqulov Shukurjon (1940-yil 12-iyun) Andijon viloyati, Andijon tumanida tugʻilgan. „Oʻzbekiston Qahramoni“ va „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi“ unvonlari bilan taqdirlangan.

Taʼlim olishi va mehnat faoliyati

1967-yilda Toshkentdagi xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha xisobchi-iqtisodchi. Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Oltinkoʻl iqtisodiyot kolleji direktori.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining „Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmita“si aʼzosi. Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 1-fevraldagi qarori bilan „Faxriy senator“ maqomlari berilgan.

Manbalar