Pavel Sergeyevich Golishev (1987-yil 7-iyul, Moskva, SSSR) — rossiyalik futbolchi, „Rosich“ klubi oʻyinchisi. Yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynab keladi. Dmitriy Golishevning ukasi.

Faoliyati

Klublardagi faoliyati Murabbiy Leonid Slutskiy Golishevni „Moskva“ futbol klubining asosiy jamoasiga jalb qila boshlagan. Golishev Rossiya chempionatidagi debyutini 2005-yil 6-noyabrda „Shinnik“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan boʻlib, 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan. „Moskva“ ning asosiy tarkibidagi ilk oʻyinini esa 2007-yilda „Ximik“ bilan oʻtkazgan. Yillar davomida shaharliklar tarkibida jamoaning asosiy tarkibidan joy ololmaydi. Bunga baʼzilar futbolchining mashgʻulotlarda yetarlicha oʻyin koʻrsatmayotgani sabab boʻlgan deb koʻrsatishadi. left|thumb|372x372px| Golishev „Tom“ klubida „Moskva“ 2010-yilgi Rossiya chempionatidan chiqib ketgandan soʻng, Golishev erkin agent maqomini olgan va 2010-yil 16-martda Moskvaning „Spartak“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 7-may kuni „Anji“ bilan oʻyinda (3:0) debyut qilgan. 20-avgust kuni „Alaniya“ ga olti oylik ijaraga berilgan, ushbu klub bilan 22-sentyabr kuni Rossiya kubogi doirasidagi yagona oʻyinni oʻtkazgan.

2011-yil 8-yanvarda „Tom“ bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.

Golishevning yangi klubidagi debyuti 20 mart kuni Krasnodarning „Kuban“ jamoasi bilan uy uchrashuvida (0:1) boʻlib oʻtgan. Jamoadagi birinchi golini 2011—2012-yilgi Rossiya chempionatining 5-turida mehmonda „Spartak-Nalchik“ ga urgan. Bu gol Tomsk jamoasi uchun mavsumdagi birinchisi boʻlgan va birinchi gʻalabani qoʻlga kiritishga yordam bergan. 1-may kuni 7-turda mehmonda „Amkar“ darvozasiga ikkita gol urgan. Ikki hafta oʻtgach, 9-turda yana dubl qayd etgan va bu jamoaga „Krasnodar“ bilan mehmonda durangga olib kelgan. 10-turda Zenit darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritgan. Keyingi 6 uchrashuvda esa gol ura olmagan. 23-iyul kuni Kuban bilan oʻyinda mavsumdagi uchinchi dublni qayd etgan va „Tom“ ga 3:1 hisobida gʻalaba keltirgan. 2011-yilda gol ura olmagan.

2012-yilning qishida Golishev klubdagi moliyaviy inqiroz tufayli „Tom“ klubini erkin agent sifatida tark egan va 16-yanvar kuni „Krasnodar“ bilan shartnoma imzolagan . 2012-yil bahorida 10 ta oʻyinda qatnashib, ikkita: „Rostov“ va „Tom“ darvozalariga gol kiritgan. Yangi mavsumda Golishev „Krasnodar“ tarkibida bitta oʻyinda maydonga tushgan va 6-sentyabr kuni „Tom“ ga qaytib, 2015-yilgacha shartnoma imzolagan.

Tomskga qaytgandan keyin birinchi oʻyin 10-sentyabr kuni „Yenisey“ ga qarshi oʻtkazilgan. 2012-yil 22-oktabrda qaytganidan keyin Belgorodning „Salyut“ darvozasiga birinchi golini kiritgan. Ushbu oʻyin bilan Golishev gol urgan olti oʻyinlik seriyasini boshladi. 2012—2013-yilgi mavsum yakunida jamoa bilan oliy ligaga oʻtgan. 2013—2014-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchisi boʻlgan, ammo pley-off natijalariga koʻra „Tom“ yana FNLga tushib ketgan. 2014—2015-yilgi mavsumda „Tom“ da faoliyatini davom ettirgan va FNL chempionatida sakkizta gol urgan.

2015-yil 25-iyunda Golishev „Tosno“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagani maʼlum boʻlgan, ammo olti oydan keyin yana „Tom“ ga qaytib, 1,5 yillik shartnoma imzolagan. FNL chempionatida 23 ta oʻyinda qatnashgan va toʻrtta gol urgan. 2015—2016-yilgi mavsumning ikkinchi qismida 13 uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

2017-yilning 17-iyun kuni Golishev „Krilya Sovetov“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Samara jamoasida 2017-yilning 27-iyulida „Tom“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Uchta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, 2018-yilning qishida oʻzaro kelishuvga binoan shartnomani bekor qilgan va „Baltika“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2018-yilning avgustiga qadar erkin agent maqomida boʻlgan va 31-avgust kuni „Luch“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil 22-fevralda Nijniy Novgorodga oʻtgan.

2021-yil 11-aprel kuni „Rosich“ havaskorlar klubining Moskva futbol chempionatida ishtirok etishi eʼlon qilingan.

Golishev ilk bor Rossiya yoshlar terma jamoasiga 2007-yilning sentyabr oyida Polsha bilan oʻyinga chaqirilgan . Shundan soʻng muntazam ravishda jamoaga chaqirilardi, lekin atigi 3 ta oʻyin oʻtkazib, maydonga kam tushardi.

2011-yil 10-avgustda Rossiyaning ikkinchi jamoasiga Rossiya yoshlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Shuningdek, ikkinchi jamoaning Belarus olimpiya terma jamoasiga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqiruv olgan.

Yutuqlari right|thumb|301x301px|Golishev Moskvaning „Spartak“ jamoasidagi yagona oʻyinida „Moskva“

Rossiya kubogi finalchisi: 2006—2007

„Alaniya“

Rossiya kubogi finalchisi: 2010—2011

„Tom“

FNL chempionati vitse-chempioni: 2012—2013 FNL chempionati bronza medali sovrindori: 2015—2016

„Rosich“

Moskva chempioni (LFC): 2021, 2022

„Tom“ klubining 2011—2012-yilgi mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari „Tom“ ning eng yaxshi futbolchisi: 2014—2015

Manbalar

Havolalar

Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyulda tugʻilganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Moskva futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Tom Tomsk futbolchilari Turkum:FC Spartak Vladikavkaz futbolchilari Turkum:FC Krasnodar futbolchilari Turkum:FC Tosno futbolchilari Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Luch Vladivostok futbolchilari Turkum:FC Pari Nizhny Novgorod futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar