Igor Vitaliyovich Sivuxa (1970-yil 31-mart, Simferopolda tavallud topgan) — Sovet va ukrainalik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya Igor Simferopol futboli maktabi tabiyalanuvchisi hisoblanadi. U futbolchilik faoliyatini 1987-yilda „Tavriya“ (Simferopol) jamoasida boshlaganProfіl gravsya na saytі „Іstorіya Tavrії“, lekin jamoadagi raqobat kuchli boʻlganligi sababli asosan „Tavriya“ klubining oʻrinbosarlar jamoasi „Meteor“ (Simferopol) klubida oʻynagan (faqat 1987-yil debyut mavsumida, SSSR Kubogida asosiy jamoa takibida 1 ta oʻyinda maydonga tushgan). 1990-yilda Igor Sevastopol shahrining „Chayka“ jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtdi. Chayka jamoasida oʻz oʻyini bilan muhlislar eʼtiborini joy olgan Igor 1992-yil bahorida u Jitomirdagi „Kimyogar“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Kimyogar jamoasi oʻyin uslubiga kirishib ketolmaganligi sababli 1993-yil boshida oʻz jamoasini „Frunzenets“ (Frunze) klubi yoʻnalishida oʻzgartirdi. Frunze jamoasida yarim mavsum davomida toʻp surgan xolda 1993-yil yozida u Polsha jamoasi „Staly“ (Stalyova Volya)ga bilan shartnoma imzoladiProfіl gravsya na saytі legioner.kulichki.com . Staly jamoasidagi raqobat tufayli asosiy tarkibga juda kam kiritildi va shu sababli 1993-yil oktyabr oyida u Qrimga, oʻz vataniga qaytdi. Oʻsha davrda Saki shahrining „Dinamo“ (Saki) jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1995-yil kuzidan boshlab u „Chayka“ (Oxotnikovo qishlogʻi) havaskorlar jamoasi tarkibida musboqalarda ishtirok etdi. 1995-yil may oyida u „Suroj“ (Sudak) klubiga oʻtdi va Sudak jamoasi tarkibida 2 ta oʻyin oʻtkazdi. 1996-yilda u „Donbaskraft“ (Kramatorsk) havaskorlar jamoasi takibini kuchaytirdi. Biroq keyingi yiliyoq xorijga, bu safar O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi safiga oʻtdi. Igorning navbatdagi xorij jamoasi bu Andijonnning „Andijon“ klubi boʻlib, Igor „burgutlar“ jamoasi takibida uch yil davomida toʻp surdi. 1999-yilda faoliyatidagi pasayish tufayli futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Manbalar
Havolalar
Futbolchining oʻyinlari statistikasi FFU rasmiy saytida Futbolchining tashrif qogʻozi UPL rasmiy saytida „Ukraina futboli“ veb-saytidagi oʻyinchi profili Futbolchi profili footbook.ru saytida
Turkum:31-martda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:SC Tavriya Simferopol futbolchilari Turkum:FC Chayka-VMS Sevastopol futbolchilari Turkum:FC Polissya Zhytomyr futbolchilari Turkum:FC Dinamo Saky futbolchilari Turkum:Stal Stalova Vola players Turkum:Suroj futbolchilari Turkum:FC Kramatorsk futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Polshadagi muhojir erkak futbolchilar