Baxtiyor Umarov Ganiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi, senator, iqtisodchi, tadbirkor. Baxtiyor Umarov 1979-yilning 1-iyunida Namangan viloyati Namangan tumanida tavalud topgan, millati oʻzbek.
Faoliyati Baxtiyor Umarov 2016-yil Namangan viloyati Namangan tumanida roʻyxatdan oʻtkazilgan "IDEAL BUSINESS CENTER" mas’uliyati cheklangan jamiyatining ta'sischilaridan biri hisoblanadi. Baxtiyor Umarov ustav fondi 600 mln soʻm boʻlgan MCHJning 50% iga egalik qiladi va jamiyatning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritadi. MCHJning asosiy faoliyat turi Ixtisoslаshgаn doʻkonlаrdа kiyimlаr chаkаnа sаvdosi (trikotаj vа pаypoq-noski buyumlаridаn tаshqаri).
Shuningdek, Baxtiyor Umarov Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi a'zosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a'zosi.
Baxtiyor Umarov Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 2021-yil 29-yanvardagi 100/17-06-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi a'zosi (27-Kurashxona saylov okrugidan deputat) ham hisoblanadi.
Ma'lumoti va mutaxassisligi Baxtiyor Umarov ma'lumoti boʻyicha oliy ma'lumotli iqtisodchi.
Mukofotlari Baxtiyor Umarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yildagi tegishli qaroriga asosan "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublika eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, budjet barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorlik bildirdi. Shular qatorida oʻsha paytda “Istiqlol tekstil dizayn” MCHJ direktori boʻlgan. Baxtiyor Umarov “Eng yaxshi soliq to‘lovchi” sifatida taqdirlandi.
Manbalar
Havolalar
Xalq deputatlari Namangan viloyat kengashi O‘zbekisron Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Namangan tumanida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar