Sergey Ivanovich Ivanov (1964-yil 22-martda tugʻilgan, SSSR) – sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi va himoyachi pozitsiyalarida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyati yakunidan soʻng hakamlik bilan shugʻillana boshlagan.

Faoliyati Sergey Rostov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyatini 1982—1983-yillarda u mahalliy SKAda boshlagan. 1984—1990-yillar davomida Rostelmash jamoasida oʻynagan. Rostelmash tarkibida 7 yil davomida SSSRning turli ligalarida 207 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol muallifiga aylangan. 1990—1991-yillarda „APK“ klubi sharafini himoya qilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Oliy ligasining nomdor jamoalaridan biri, Namanganning „Navbahor“ klubi safiga oʻtdi. Lochinlar safida klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va mavsum davomida 23 ta oʻyinda maydonda harakat qildi. Navbahor jamoasi tarkibida oʻynab, Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. 1993-yilda u Togliattining „Lada“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. Mavsum davomida jamoada 34 ta oʻyin oʻtkazib, jamoaga Birinchi divizionda gʻalaba qozonish va Rossiya Premyer-ligasiga chiqishida yordam berdi. 1994-yil 15-martda Stavropolning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Rossiya chempionatida debyut qildi. Rossiya Premyer-ligasida jami 8 ta oʻyin oʻtkazgan. U futbolchilik faoliyatini 1996-yilda Rostovning „Istochnik“ klubi safida yakunlagan.

Futbolchi sifatidagi faoliyatiniyakunlaganida soʻng hakamlar maktabida oʻqidi.1997—2001-yillarda hakamlik lavozimida ishlagan. Sergey Rossiyaning bir qator quyi divizion, yoshlar chempionati, shuningdek, Rossiya kubogi oʻyinlarida hakamlik qilgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston kubogini sohibi: 1992 Rossiya Birinchi ligasi chempioni: 1993

Manbalar

Havolalar

Sergey Ivanov FootballFacts.ru saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha hakamlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC SKA Rostov-on-Don futbolchilari Turkum:FC Rostov futbolchilari Turkum:FK APK futbolchilari Turkum:FC Lada-Tolyatti futbolchilari Turkum:FK Torpedo Taganrog futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik futbol hakamlari