"Xudo oʻldi" ("Xudoning oʻlimi" sifatida ham tanilgan) – nemis faylasufi Fridrix Nitsshening bayonoti. Nitsshening asarlarida bu bayonotning birinchi misoli uning 1882-yilgi "Die fröhliche Wissenschaft" asarida uch marta qayd etilgan (108-sahifa („New Struggles“), 125-sahifa („The Madman“) va 343-sahifa („The Meaning of our Cheerfulness“). Bu ibora Nitsshening "Zardusht tavallosi" asarida ham uchraydi.
Ushbu bayonotning maʼnosi shundan iboratki, Nitsshe fikricha, „xristian Xudosiga boʻlgan ishonch aqlga zid tushunchalarga toʻla boʻlib qoldi“. Negaki „bu eʼtiqod asosida shakllangan, u bilan mustahkamlangan va rivojlangan“ hamma narsa, shu jumladan „butun [. . . ] Yevropa axloqi“, albatta, „qulashi“ mumkin.
Ilgari boshqa faylasuflar, jumladan Filipp Mainländer va Georg Wilhelm Friedrich Hegel konsepsiyani muhokama qilishgan. Bu ibora Xudoning oʻlimi ilohiyotida ham muhokama qilinadi.
Dastlabki ishlatilishi Nemis madaniyatida „Xudoning oʻlimi“ haqidagi nutqlar 17-asrda paydo paydo boʻlgan va dastlab lyuteranlarning poklanish nazariyalariga ishora qilgan. „Xudo oʻldi“ iborasi Johan von Ristning „Ein Trauriger Grabgesang“ („Motamli nola“) qasidasida uchraydi.
Nitsshedan oldin „Dieu est mort!“ soʻzlari Gérard de Nervalning 1854-yilda yozilgan " Le Christ aux oliviers " („Masih zaytun daraxtlari aro“) sheʼrida tilga olingan. Sheʼr Jean Paulning 1797-yilda yozgan "Siebenkäs " romanida „Oʻlik Masih Xudo yoʻqligini eʼlon qiladi“ boʻlimida uchraydigan tush koʻrish oyatiga moslashtirilgan. Adabiyotshunos olim George Steiner 1987-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga qilgan murojaatida Nitsshening „Xudo oʻldi“ formulasi Jean Paulning yuqorida aytib oʻtilgan „Oʻlik Masih“ tushiga bogʻliq, deb taʼkidlaydi. Lekin u Nitsshe Jean Paulni oʻqiganligiga aniq dalillar keltirmaydi.
Bu ibora Viktor Hugoning 1862-yilda yozgan "Xoʻrlanganlar" romanidagi soʻzlovchi tarafidan aytilgan parchada ham uchraydi Hugo, Victor. :
Buddist faylasuf K. Satchidananda Murti 1973-yilda Martin Lutherning madhiyasida Hegel taʼriflagan „shafqatsiz soʻzlar“, „qatʼiy soʻzlar“, yaʼni „Xudo oʻldi“ degan soʻzlarni uchratib, Xudoning oʻlimi mavzusini ishlab chiqdi, deb yozgan edi. Murti yana Kantning birinchi „Tanqid“ini sharhlar ekan, Nitsshega taʼsir koʻrsatgan Heinrich Heine oʻlimi arafasida Xudo haqida soʻzlaganini yozgan. Heine va Nitsshedan beri „Xudoning oʻlimi“ iborasi mashhurlasha boshladi K. Satchidananda Murty wrote in The Realm of Between, Indian Institute of Advanced Study, 1973.
Nemis falsafasi
Hegel Zamonaviy tarixchilarning fikriga koʻra, XIX asr nemis idealist faylasuflari, ayniqsa Georg Wilhelm Friedrich Hegel tarafdorlari, Iso Masihning oʻlimi bilan bogʻliq iboraning oʻziga xos nasroniy urgʻusini olib tashlash va uni dunyoviy falsafiy hamda sotsiologik nazariyalar bilan bogʻlashga uringan.
Garchi bu bayonot va uning maʼnosi Nitsshega tegishli boʻlsa-da, Hegel oʻzining "Phänomenologie des Geistes"(Ruh fenomenologiyasi) asarida Xudoning oʻlimi konsepsiyasini muhokama qildi, bunda u Xudoning oʻlimini „odatdagi nasroniylarning osongina tan olinadigan tazarru jarayoni sifatida koʻrish mumkin emas“ deb hisoblaydi. Keyinchalik Hegel Xudoning oʻlganligini bilishning buyuk azobi haqida shunday yozadi: „Ammo sof tushuncha bilan zamonaviy dinga asoslangan tuygʻu sifatida, Xudoning oʻzi oʻlgan degan qarash (Paskal tomonidan faqat empirik tarzda aytilgan: Tabiat shundayki, u hamma joyda, ham insonning ichida ham, tashqarisida ham, Xudo yoʻqolgan) faqat bir bosqich sifatida, balki faqat bir faza nuqtai nazaridan, eng yuqori gʻoya yoki cheksizlik, barcha mavjudotlar choʻkib ketadigan yoʻqlik tubsizligi, ilgari faqat tarix va madaniyatda boʻlgan cheksiz azob sifatida tavsiflanishi kerak…
Hegelning shogirdi Richard Rothe oʻzining 1837-yildagi “Die Anfänge der christlichen Kirche und ihrer Verfassung" teologik matnida Xudoning oʻlimi gʻoyasini sekulyarizatsiyaning sotsiologik nazariyasi bilan bogʻlagan birinchi faylasuflardan biri boʻldi.
Stirner Nemis faylasufi Max Stirner 1844-yilda yozilgan "Der Einzige und sein Eigentum" kitobida uning Nitsshega taʼsiri muhokama qilib, "Xudoning magʻlub boʻlishi maʼrifatning ishi: ular inson hozir „Yuqoridagi yagona Xudo“ boʻlish uchun Xudoni oʻldirganini payqamadilar" deydi"At the entrance of the modern time stands the ‘God-manʼ. .
Mainländer Falsafada nemis faylasufi Filip Mainländer tomonidan Nitsshedan avval mazkur tushuncha ommalashgan.
Mainländerni oʻqiyotganda Nitsshe Schopenhauer bilan yoʻllari ajrashganini qayd qiladi. Mainländerning 200 betdan ortiq davom etgan Schopenhauer metafizikasi tanqidida u dunyo ortidagi yagona kosmik birlikka qarshi bahs yuritadi hamda mavjudlik uchun bir-biri bilan kurashayotgan irodalarning rostakamiga koʻpligini yoqlab chiqadi. Biroq, faylasuflarni panteizmga olib boradigan sabablar mavjud dunyoning oʻzaro bogʻliqligi va sodda harakati shubhasizdir. Ular haqiqatan ham birlikka olib keladi, lekin bu dunyodagi empirik haqiqatni buzadigan dunyodagi birlik hisobiga boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun u oʻlik deb eʼlon qilinadi.
Nitsshe "Die fröhliche Wissenschaft"da „Xudo oʻldi“ iborasi birinchi marta „Yangi kurashlar“ qismida qayd qilingan:
Shuningdek, "Die fröhliche Wissenschaft"da bu ibora telbaning tilidan, „Telba“ qismida quyidagicha ifodalangan:
„Xudoning oʻlimi“ teologiyasi Nitsshedan beri ilohiyotshunoslar vaqti-vaqti bilan Xudoga ishonchsizlik kuchayib borayotganini aks ettirish uchun „Xudo oʻldi“ iborasini ishlatgan boʻlsalar-da, bu tushuncha 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarda ilohiyotda anchayin mashhurlashib, 1970-yillarning boshlarida Xudoning oʻlimi teologiyasi sifatida pasaydiGundry, S. N. „Death of God Theology“ in Evangelical Dictionary of Theology, ed. . Masalan, Germaniyada tugʻilgan ilohiyotshunos Paul Tillich Nitsshening asarlari, ayniqsa uning „Xudo oʻldi“ iborasi taʼsirlanganini aytgan .
Yana qarang
Fridrix Nitsshe falsafasi Apollon va Dionisiy Zardushtning aylanmasi
Xristian ateizmi Postmodern xristianlik Noteizm Postmodernlik Postteizm Post-monoteizm Imon va ratsionallik Dinlar haqidagi nazariyalar
Manbalar
Turkum:Ateizm Turkum:Qanotli iboralar Turkum:Teologiya Turkum:Falsafadan iqtibos Turkum:Falsafa taʼlimi Turkum:Falsafa va jamiyat Turkum:Falsafa tarixi