Ahmad Abdullayev (1936-yil 15-mart, Bibishirin qishlogʻi, Boysun tumani — 2022-yil 24-iyun, Oʻzbekiston) — tojik adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1984). Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti professori.

Hayoti Ahmad Abdullayev 1936-yil 15-martida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Bibishir uchastkasida tugʻilgan. Taʼlimi 1953-yil Ahmad Maksim Gorkiy nomidagi oʻrta maktabni tugatadi. Keyinchalik esa Dushanbega boradi va u yerda T.Shevchenko nomli Tojikiston davlat pedagogika institutining filologiya fakuktetiga oʻqishga kiradi. Oʻqishni tugatgach 1957-yildan 1959-yilga qadar Boysun tumanidagi oʻzi taʼlim olgan Maksim Gorkiy nomli maktabda avval ilmiy boʻlim mudiri lavozimida faoliyat yuritadi. Soʻnggi ikki yilda esa oʻqtuvchi sifatida faoliyat yuritadi.

1959-yil Tojikiston Fanlar akademiyasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kiradi va „Adib Sobir Termiziy Hayoti va ijodiyoti“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi bilan shugʻullanadi.

Faoliyati Ahmad Abdullayev 1963-yilda Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi til va adabiyot institutida ish faoliyati boshlagan. Shu yerda yuzdan ortiq ilmiy ishlar qilgan va fors-tojik adabiyoti tarixiga aloqador bir necha oʻnlab maqolalari oʻzbek, rus va tojik tillaridagi gazetalarda chop etilgan.

Asarlari Ahmad Abdullayevning 3 ta monografik asari mavjud. Bular: „Adib Sobir Termiziy hayoti va ijodiyoti“, „Zohid Faryobiy hayoti va ijodiyoti“. „Fors-tojik adabiyoti XI asrning birinchi yarmida“ nomli kitoblaridir. Shuningdek, uning fors-tojik tilidagi maqolalari „Sadoi sharq“, „Axborot“, „Pomir“ va „Sovet maktabi“ jurnallarida bosib chiqilgan. Adib tomonidan 165-yilda Sobir Termiziyning asarlari toʻplanib Tojikistonda bosmadan chiqarilgan.

2003-yilda Ahmad Abdullayevning oʻzbek tilidagi „Adib Sobir termiziy“ nomli kitobi oʻzbek tilida bosmadan chiqdi Manbalar

Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:15-martda tugʻilganlar Turkum:Boysun tumanida tugʻilganlar Turkum:Filologiya fanlari doktorlari