Katta mushuklar (lotincha: Pantherinae) — mushuksimonlar oilasiga kiruvchi ostoilaridan biri. Bu ostoilaga mushuksimonlarning eng yirik vakkillari kiradi. Ammo katta mushuklar ostoilasiga tegishli bo'lish mezoni kattalik emas, balki morfologik tafsilotlaridir, masalan, til osti suyagining tuzilishi. Aynan shu sababli katta mushuklar oilasiga, gepard va puma kabi yirik turlar kirmaydi. Birinchi marotaba bu ostoilani 1917-yilda Reginald Innes Pocock tasniflagan. Katta mushuklar 9,32 dan 4,47 million yil oldin yoki 10,67 dan 3,76 million yil oldin umumiy ajdoddan genetik jihatdan ajralib chiqqan.

Tashqi ko'rinishi

Barcha katta mushuklarning mo'ynalarida dog'lar bor, hatto ular birinchi qarashda ko'rinmasa ham . Dog'lar leopard va bulutli leopard, qor qoplon va yaguarda aniq ko'rinadi. Yo'lbars mo'ynasidagi chiziqlar cho'zilgan va birlashib ketgan dog'lardir. Arslonda adaptatsiya sababli dog'lar yo'qolib ketgan, lekin dog'lar arslon bolalarida mavjud bo'ladi.

Katta mushuklar o'zlarining kichik qarindoshlaridan til osti suyagi tuzilishida farqlanadi. Suyak tomoqdagi til mushaklarini boglab turuvchi mayda suyaklardan iborat. Ilgari, bu belgi irillash qobiliyati bilan bog'liq deb hisoblangan. Biroq, yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, irillash boshqa anatomik xususiyatlarga, birinchi navbatda, hiqildoqning maxsus tuzilishiga asoslangan. Arslon, yo'lbars, leopard va yaguarda juda uzun ovoz paylari va qalin elastik to'qimalar irillash imkonini beradi. Qor qoploni, bulutli leopard va boshqa mushuk turlari bunday xususiyatlarga ega emas va irilla olmaydi.

Urugʻ va turlari R. I. Pocock Pantherinae ostoilasiga dastlab Panthera va Uncia urug'larini kiritgan, zamonaviy tasnifga ko'ra Panthera va Uncia urug'lari Panthera urug'iga birlashtirgan va yangi Neofelis urug'i ajratilgan.

Quyida katta mushuklar turkumining urug' va turlarining toʻliq roʻyxati keltirilgan: Katta mushuklar ostoilasi (Pantherinae)Tashqi koʻrinishiNomiLotincha nomiTarqalishi va muhofaza maqomiOstturlari Panthera urugʻi Erkak

UrgʻochiSherPanthera leo Panthera leo leo Panthera leo melanochaitaYaguarPanthera onca Panthera onca onca Panthera onca arizonensis Panthera onca centralis Panthera onca goldmani Panthera onca hernandesii Panthera onca palustris Panthera onca paraguensis Panthera onca peruvianus Panthera onca veracrucisLeopardPanthera pardus Panthera pardus nimr Panthera pardus pardus Panthera pardus orientalis Panthera pardus fusca Panthera pardus fusca Panthera pardus saxicolor Panthera pardus japonensis Panthera pardus kotiya Panthera pardus melas † Panthera pardus sickenbergiYoʻlbars Panthera tigris | Panthera tigris tigris, populyatsiyalari: Amur yoʻlbarsi Bengal yoʻlbarsi Hindixitoy yoʻlbarsi Malay yoʻlbarsi Xitoy yoʻlbarsi † Turon yoʻlbarsi Panthera tigris sondaica Sumatra yoʻlbarsi † Bali yoʻlbarsi † Java yoʻlbarsiIlvirs Panthera uncia Neofelis urugʻiBulutli leopardNeofelis nebulosa Neofelis nebulosa nebulosa Neofelis nebulosa macrosceloides † Neofelis nebulosa brachyuraBorneo bulutli leopardi Neofelis diardi Neofelis diardi borneensis Neofelis diardi diardi

Manbalar