FK Pari Nijniy Novgorod (), FC Pari NN yoki oddiygina Nijniy Novgorod nomi bilan ham tanilgan, 2015-yilda tashkil etilgan Nijniy Novgorod shahridagi Rossiya professional futbol klubi. U Rossiya Premyer-ligasida 2021/2022-yilgi mavsumda debyut qilgan.
Tarix Klub turli nomlar bilan tanilgan:
2015-2016: FK Volga-Olimpiyets Nijniy Novgorod 2016-2018: FK Olimpiyets Nijniy Novgorod 2018-2022: FK Nijniy Novgorod 2022 yildan: FK Pari Nijniy Novgorod
2015/2016-yilgi mavsumda u uchinchi darajali Rossiya Professional Futbol Ligasida oʻynay boshladi. U Nijniy Novgorodning „Volga“ klubining farm klubi sifatida tashkil etilgan. 2016-yil 15-iyunda „Volga“ klubi tugatildi, „Olimpiyets“ Nijniy Novgorodning top klubiga aylandi. 2016/2017-yilgi mavsum oxirida Olimpiyets oʻzining PFL zonasida gʻalaba qozondi va ikkinchi darajali Rossiya futbol milliy ligasiga yoʻl oldi. 2018/2019-yilgi mavsum yakunida ular Rossiya Premer-ligasining pley-off bosqichiga yoʻllanma oldilar, ammo PFK „PFC Krylia Sovetov Samara“ jamoasiga umumiy 2:3 hisobida magʻlub boʻlishdi.
2020/2021-yilgi mavsumda klub FNLda 3-oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrindagi „Orenburg“ klubi oʻz stadionidagi muammolar tufayli Premyer-liga litsenziyasini ololmagani sababli, Nijniy Novgorod 2021/2022-yilgi mavsum uchun birinchi marta RPLga yoʻllanma oldi.
Nigeriya terma jamoasining sobiq hujumchisi Silvestr Igboun 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli jamoa bilan shartnomasini toʻxtatdi.
2022-yil 10-iyun kuni klub avval Paribet nomi bilan tanilgan Pari bukmekerlik konserni bilan homiylik shartnomasi tufayli klub nomi FC Pari Nijniy Novgorod (yoki qisqacha Pari NN) ga oʻzgartirilishini eʼlon qildi. Jamoa nomini oʻzgartirish Rossiya futbol ittifoqi tomonidan shu kuni maʼqullangan. Pari NN 2022/2023-yilgi mavsumni 14-oʻrinda yakunladi va „Rodina Moskva“ ga qarshi oʻtish uchun pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Pley-offning birinchi oʻyinida safarda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Pari oʻz maydonida 0:2 hisobida magʻlub boʻldi va umumiy hisobda 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Premyer-ligadagi oʻrnini saqlab qoldi.
Liga MavsumLigaRossiya kubogiUEFAEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.Pos.Pl.WDLGFGAGDPIsmGol2015-163rd3rd271584381919532R— Igor Belyakov11 Valeri Bogdanets Konstantin Galkin2016-173rd1st241743471730552R— Igor Gorbunov10 Konstantin Galkin Nikolai Pisarev2017-182nd12th381111163750 −1355R16— Radik Khayrullov9 Nikolai Pisarev2018-192nd4th38188124131 +1062R16— Maksim Paliyenko9 Dmitri Cheryshev2019-202nd11th279992829 −136R16— Maksim Paliyenko Pavel Ignatovich Igor Portnyagin5 Dmitri Cheryshev Robert Yevdokimov2020-212nd3rd4227786728 +3988R16— Timur Suleymanov9 Robert Yevdokimov2021-221st11th3089132639 −1333R16— Nikolay Kalinsky8 Aleksandr Kerzhakov
Hozirgi tarkib 2024-yil 12-sentyabr holatiga ko'ra, RPL veb-sayti .
Shartnomasi mavjud boshqa futbolchilar
Ijaragaga olingan
Klub rasmiylari
Lavozim Xodimlar Rais Ravil Izmaylov Futbol direktori Igor Kudryashov Murabbiy Artyom Gorlov Murabbiy yordamchilari Leonid Ablizin Birinchi jamoa murabbiyi Oleg Levin Darvozabonlar boʻyicha katta murabbiy Valeriy Kleymenov Fitnes murabbiyi Dmitriy Polyanin Kirill Jinkin Bosh tahlilchi Vladimir Savchenko Video tahlilchi Andrey Ankudimov Skaut Pavel Naboyshchikov Tibbiyot boʻlimi boshligʻi Oleg Vinokurov Doktor Sergey Vjalitsin Massajchi Vyacheslav Vishnevskiy Jamoa tashkilotchisi Aleksandr Trishin
Manbalar
Havolalar
Team history by footballfacts
Pari Pari Pari