thumb|Birinchi Jahon urushi paytida foydalanilgan kamerali kabutar
Kabutardan suratga olish — 1907-yilda nemis farmatsevti Julius Neubronner tomonidan ixtiro qilingan havodan suratga olish usuli. Neubronner dori-darmonlarni yetkazib berish uchun baʼzida kabutarlardan foydalangan. Tashuvchi kabutar koʻkragiga alyuminiydan yasalgan jabduqlar oʻrnatilgan va unga kichik kamerani oʻrnatish mumkin boʻlgan. Neubronner 1907-yilda ixtiroga nemis patentini olish maqsadida bergan arizasi rad etilgan. Soʻngra, 1908-yil dekabrda u kabutarlari tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlagach, patent olishga muvaffaq boʻldi. U 1909-yilgi Drezden xalqaro fotokoʻrgazmasida rasm olishdagi ushbu yangicha texnikani namoyish etgan. Baʼzi rasmlarni Frankfurt xalqaro aviatsiya koʻrgazmasida, shuningdek, 1910- va 1911-yillardagi Parij havo koʻrgazmalarida otkritka sifatida sotgan.
Dastlab, kabutarlardan suratga olish ixtirosidan havo razvedkasi maqsadida ham foydalanib koʻrilgan. Birinchi Jahon urushi paytidagi jangovar sharoitlarda dalada oʻtkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan boʻlsa-da, bu davrda aviatsiyaning jadal rivojlanishi tufayli kabutarlarga boʻlgan ehtiyoj susaygach, Neubronner oʻz tajribalaridan voz kechishga majbur boʻlgan. Bu gʻoya 1930-yillarda shveysariyalik soatsoz tomonidan, shuningdek, nemis va fransuz harbiylari tomonidan qisqa vaqt ichida qayta koʻrib chiqilgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida kabutarlardan keng miqyosda foydalanilgan boʻlsa-da, qushlarning havodan razvedka qilishdagi ishtiroki nomaʼlum. Keyinchalik Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) josuslik uchun moʻljallangan akkumlyatorli kamerani ishlab chiqqan. Undan foydalanish tafsilotlari davlat siri boʻlib qolgan.
Taymer mexanizmiga ega kichik va yengil kameralarni yasash hamda qushlarni kerakli yuklarni koʻtarishga oʻrgatish katta qiyinchiliklar tugʻdirgan. 2004-yilda Britaniya radioeshittirish korporatsiyasi (BBC) jonli tasvirlarni olish uchun lochinlar va accipiter gentilislarga biriktirilgan kameralardan foydalangan. Shuningdek, bugungi kunda baʼzi tadqiqotchilar, hayvonsevarlar va rassomlar xuddi shu tarzda hayvonlarga kichik kameralarni oʻrnatishadi.
Kelib chiqishi
Birinchi aerofotosuratlar 1858-yilda Nadar tomonidan olingan; 1860-yilda esa James Wallace Black havo sharidan fotosuratlar olgan. Fotografiya texnikasi yanada rivojlanib borar ekan, XIX asrning oxirida baʼzi kashshoflar kameralarni uchuvchisiz uchar jismlarga joylashtirganlar. 1880-yillarda Artur Batut varraklar orqali havodan suratga olishni tajriba qilib koʻrgan. 1896-yilda William Abner Eddy tomonidan shunday usul bilan olingan Bostonning yuqori sifatli fotosuratlari mashhur boʻlgan. Amedee Denisse 1888-yilda raketani kamera va parashyut bilan jihozlagan. 1897-yilda Alfred Nobel ham raketalar orqali suratga olishni sinab koʻrgan.
XIX asr va XX asr boshlarida tashuvchi kabutarlardan ham fuqarolik, ham harbiy tashkilotlarda keng foydalanilgan. 1870-yilgi Fransiya — Prussiya urushida Parijning mashhur kabutar pochtasi Tuorsdan qamal ostidagi poytaxtga bir kabutar parvozi davomida 50 000 tagacha mikroformalangan telegrammalarni olib yurgan. Hammasi boʻlib 150 ming shaxsiy telegrammalar va davlat joʻnatmalari yetkazilgan. 1889-yilda Sankt-Peterburgdagi Rossiya texnika jamiyati havo sharidan fotosuratlar olish yoʻli bilan eksperiment oʻtkazgan va keyin fotoplastinkalar kabutar yordamida yerga yuborilgan.
Julius Neubronner thumb|Julius Neubronner (1914)|168x168px 1903-yilda Germaniyaning Kronberg im Taunus shahrida farmatsevt Julius Neubronner yarim asr oldin otasi boshlab qoʻygan ishlarni davom ettirgan: tashuvchi kabutar orqali Königstein im Taunus yaqinidagi sanatoriyga retsept yuborib turgan. U xuddi shu usul bilan gacha shoshilinch dori-darmonlarni yetkazib berardi. Neubronner koʻproq daromad olish uchun kabutarlarni ulgurji sotuvchilarga yuborgan. Uch yil oʻtgach, sanatoriyaning yopilishi munosabati bilan kabutarlardan foydalanish toʻxtatilgan. Bir marta Neubronnerning kabutarlaridan biri tumanli havoda oʻz yoʻnalishini yoʻqotib, toʻrt haftaga kechikib kelgan. Shunda, Neubronnerda oʻz kabutarlarining bosib oʻtgan yoʻllarini kuzatish uchun ularni kameralar bilan jihozlash gʻoyasi paydo boʻlgan. Neubronnerning ikkita sevimli mashgʻulot bor edi: havaskor fotograflik va tashuvchi kabutarlar bilan shugʻullanish. Tashuvchi kabutarlarga kameralar oʻrnatish ortidan u ikkala sevimli mashgʻulotini birlashtirgan.
Soat mexanizmiga ega kichik kameraning poyezdda va chanadagi muvaffaqiyatli sinovidan soʻng, Neubronner jabduq va kichik alyuminiy sovut yordamida kabutarning koʻkragiga oʻrnatsa boʻladigan kamerani ishlab chiqishni boshlagan. U ogʻirligi 30 grammdan 75 grammgacha boʻlgan yogʻochli korpusga ega kamera modellaridan foydalangan. Aerofotosuratga olish uchun Neubronner kabutarni oʻz uyidan uzoqlikdagi joyga olib borgan. Kabutar kamera bilan jihozlanib, qoʻyib yuborilgan. Oʻz yukidan xalos boʻlishni xohlaydigan qushlar odatda toʻgʻri yoʻlda, 50 dan 100 metrgacha (160 dan 330 futgacha) balandlikda uyga uchib ketardi. Kameradagi pnevmatik tizim taymerni nazorat qilib turgan. Kaptarxonada kabutarlar uchun elastik, keng qoʻnish yoʻlakchasi va katta kirish tuynugi boʻlgan. thumb|Yuqori chap burchakda: Schlosshotel Kronbergdagi imperator qarorgohining havodan olingan fotosurati. Pastki chap va markazda: Frankfurt manzaralari. Oʻngda: kameralar oʻrnatilgan kabutarlar.|center|549x549px thumb|Patentlangan ikki linzali kabutar kamerasining kesmasi va pnevmatik tortishish kechiktirish tizimining ishlash prinsipi|173x173px thumb|Qushning koʻkragiga qoʻyiladigan kamerali jabduq|234x234px
Neubronnerning soʻzlariga koʻra, kabutarlar uchun kameralarning oʻnlab turli modellari boʻlgan. 1907-yilda u mazkur ixtirosiga patent olishga muvaffaq boʻlgan. Dastlab uning „Yuqoridan landshaftlarni suratga olish usuli va vositalari“ nomli ixtirosi Germaniya patent idorasi tomonidan rad etilgan. Ammo kabutar tomonidan olingan fotosuratlarni haqiqiyligini isbotlaganidan soʻng 1908-yil dekabrida patent olganGerman patent DE 204721 („Verfahren und Vorrichtung zum Photographieren von Geländeabschnitten aus der Vogelperspektive“ ), Neubronner, Julius, issued 1908-12-02, filed 1907-06-20. Neubronner also obtained corresponding patents in France („Procédé et appareil pour prendre des vues photographiques de paysages de haut en bas“ ), the United Kingdom („Method of and Means for Taking Photographs of Landscapes from Above“ ) and Austria („Vorrichtung zum Photographieren von Geländeabschnitten aus der Vogelperspektive“ ). (Tashuvchi kabutarlarining koʻtarish qobiliyati haqidagi notoʻgʻri tushuncha tufayli Germaniya patent idorasining raddiyasi asosli edi). Bu texnologiya Neubronnerning 1909-yilda Drezdenda boʻlib oʻtgan Xalqaro fotokoʻrgazmasi va 1909-yilda Frankfurtda boʻlib oʻtgan Xalqaro aviatsiya koʻrgazmasidagi ishtiroki tufayli koʻpchilikka maʼlum boʻlgan. Drezdendagi tomoshabinlar kabutarlarning kelishini tomosha qila olardi. Kabutarlar olib kelgan aerofotosuratlar otkritkaga aylantirilgan. Neubronnerning fotosuratlari Drezdenda, shuningdek, 1910- va 1911-yillardagi Parij havo koʻrgazmalarida sovrinlarni qoʻlga kiritgan.
Schlosshotel Kronberg saroyining (oʻsha paytda uning egasi Kaiserin Friedrich sharafiga Schloss Friedrichshof deb nomlangan) fotosurati „fotosuratchi“ qanotlarining tasodifan surat chetiga tushib qolishi ortidan mashhur boʻlgan. Ushbu tasvirning mualliflik huquqi buzilgan holda 1929-yilda haftalik kinoxronikaning bir qismi sifatida nemis kinoteatrlarida namoyish etilgan.
Neubronner 1909-yilda nashr etilgan risolada beshta kamera modelini tavsiflab bergan:
Patentda tasvirlangan „ikkitalik kamera“ qarama-qarshi yoʻnalishda (oldinga/orqaga) yoʻnaltirilgan ikkita linzaga ega boʻlib, ularning har biri fokus masofasi 40 mm boʻlgan. Yagona fokusli zatvor tomonidan nazorat qilinadigan kamera pnevmatik tizim tomonidan belgilangan vaqtda bir vaqtning oʻzida ikkita fotoplastinka ekspozitsiyasini olishi mumkin. Stereoskopik kamera oʻxshash xususiyatlarga ega, lekin unda ikkala linza bir xil yoʻnalishga qarab turadi. Model plyonkani orqaga oʻrash tizimi bilan jihozlangan va ketma-ket bir nechta suratga olish imkoni boʻlgan. Bir modelning linzalari fokusli garmoshkaga oʻrnatilgan edi. Qaychi mexanizmi tufayli model kengayish va yigʻilish imkoniyatiga ega boʻlgan. Ushbu mexanizm fokus uzunligi 85 mm boʻlgan fotoplastinkada 6 sm × 9 sm oʻlchamdagi suratga olish imkonini bergan. Panoramali kamerada 3 sm × 8 sm oʻlchamdagi plyonkada panoramali suratga olish imkoni mavjud edi. Panoramalar 180° ga aylanadigan linza bilan almashtirilgan. Bu modelni Neubronner taxminan 1910-yillarda sotuvga chiqarishga uringan Doppel-Sport panoramik kamerasi uchun asos boʻlgan. Biroq, ushbu model seriyali ishlab chiqarilmagan. 1920-yilda chiqarilgan bir risolada Neubronner soʻnggi modelni ogʻirligi va 12 ta ekspozitsiya olish qobiliyatiga ega, deb taʼriflagan. 2007-yilda ushbu mavzuni oʻrgangangan tadqiqotchi linzalar, panoramalar va fotografik axborot vositalarining tezligi haqida juda kam texnik maʼlumotlar mavjudligini taʼkidlagan. Lekin Neubronner oʻzining panoramali kamerasi „ADOX“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan plyonka bilan taʼminlanganligini maʼlum qilgan. Ushbu kamera uchun u fotosurat materialining yorugʻlik sezuvchanligini ISO 25/15° – 40/17° va FPSi (1 soniyada qancha tasvir ola olish qobiliyati) 1/60 s — 1/100 s deb hisoblagan. Film 30 mm × 60 mm formatda va linzalarning yarim doira harakati tufayli ortiqcha buzilishlarning oldini olish uchun konkav shaklga egilgan.
Neubronnerning panoramali kamerasi Berlindagi Germaniya texnologiya muzeyi va Myunxendagi Deutsches muzeyida namoyish etilgan.
Birinchi Jahon urushi left|thumb|1909-yilgi koʻrgazmada Neubronner tomonidan taqdim etilgan koʻchma kaptarxona va fotolaboratoriya|218x218px Neubronnerning ixtirosidan hech boʻlmaganda qisman harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin edi. XX asr boshlarida havodan fotografik razvedka qilish birmuncha qiyin boʻlgan. Chunki tasvirga olish uchun faqat havo shari, varrak va raketa kabi katta hajmli vositalardan foydalanilgan. 1903-yilda aka-uka Wrightlarning muvaffaqiyatli parvozi havo razvedkasi uchun yangi eshiklarni ochib bergan. Ushbu parvoz ortidan birinchi jahon urushi davrida kuzatuv samolyotlari ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan.
Prussiya urush vazirligi kabutardan suratga olish usuliga qiziqib qolgan. Maʼlum boʻlishicha, kabutarlar portlashlarga nisbatan befarq boʻlishadi. Ammo jang paytida kaptarxonani koʻchirishga toʻgʻri kelishi, shuningdek, kabutarlar oʻzining yangi joyini topishiga biroz vaqt ketishi mumkin edi. Tashuvchi kabutarlarni koʻchma kaptarxonaga qaytarish muammosi 1880-yilda Italiya armiyasida muvaffaqiyatli hal qilingandi: Fransiya artilleriyasi kapitani Reynaud kabutarlarni qoʻlga oʻrgatgan. Neubronner bu ish haqida bilganmi, yoʻqmi, nomaʼlum boʻlsa-da, biroq oʻz sayohat aravalaridan (furgon) kaptarxona sifatida foydalanadigan odamlar haqida eshitgani uchun ham masalaning yechimi borligiga ishongan. 1909-yilda u Drezden va Frankfurtda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda yorqin ranglarga boʻyalgan fotografiya laboratoriyasi va koʻchma kaptarxona joylashgan kichik aravani namoyish etgan. Neubronner bir necha oy davomida yosh kabutarlarni kaptarxona boshqa joyga koʻchirilgandan keyin ham u yerni topib kelishga oʻrgatgan.