2023-yilning 1-avgustida Syerra-Leone hukumati 7—10-avgust kunlari Syerra-Leoneda Julius Maada Bio hukumatiga qarshi davlat toʻntarishini rejalashtirganlikda gumonlab noma’lum sondagi askarlar va tinch aholini hibsga oldi. Politsiya aniq „toʻntarish“ atamasini ishlatmagan boʻlsa-da, erishilgan tinchlik va demokratik taraqqiyotni mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, muayyan shaxslar millat totuvligi va osoyishtaligini buzishga qaratilgan harakatlarda davom etayotganidan xavotir bildirdi. 10-avgust kuni politsiya 19 kishini, jumladan Syerra-Leone Respublikasi Qurolli kuchlarining oʻn toʻrt nafar xizmatchisini, Syerra-Leone politsiyasining ikki zobitini, politsiyaning iste’fodagi bosh rahbari va yana ikki kishini hibsga olganini tasdiqladi. Ularning barchasi „davlat toʻntarishi“ jinoyatida ayblangan. Bundan tashqari, besh nafar harbiy va uch nafar politsiyachiga tintuv va qoʻlga olish uchun order berildi.
Hibsga olingan isteʼfodagi bosh boshqaruvchi Muhammad Yetey Turay 5—6-avgust kunlari Liberiyada Syerra-Leone hukumati talabi bilan ushlangan.
Hukumat hibsga olinganlarning ismlarini ochiq aytmagani Bio hukumati tanqidchilarining hech qanday fitna yoʻqligi va bu oʻtgan saylovlarda saylov natijalarini rad etgan muxolifatni repressiya qilish uchun bahona, degan xulosaga kelishiga sabab boʻldi.
Yana qarang
Nigerdagi davlat toʻntarishi Gabondagi harbiy toʻntarish
Manbalar
Turkum:Syerra-Leoneda 2023-yil Turkum:Qoʻzgʻolonlar Turkum:Syerra-Leoneda rejalashtirilgan davlat toʻntarishlari