Shaxmat boʻyicha Jahon kubogi 2023 30-iyulidan 24-avgustiga qadar Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtdi. Kubok uchun jami 206 nafar shaxmatchi bahslarga kirishdi. Turnir shaxmat boʻyicha 10-jahon kubogi sifatida tarixda qoldi. Reytingda eng yaxshi uch oʻrinni egallagan ishtirokchilar 2024-yilgi Candidates turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Musobaqa 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatiga parallel ravishda oʻtkazildi.
Amaldagi chempion Jan-Krzysztof Duda edi. Lekin beshinchi raundda tajribali Fabiano Caruanaga imkoniyatni boy berdi.
Turnir tartibi Turnir sakkiz raunddan iborat va magʻlubiyatga uchragan ishtirokchi turnirni tark etishi belgilangan. 50 nafar ishtirokchi esa turnirning ikkinchi raundidayoq bahslarni tark etishga majbur boʻlishdi. Play-off bahslarini magʻlubiyatsiz yakunlagan 3 ishtirokchi asosiy oʻrinlar uchun bahs olib borishadi. Dastlabki uch oʻrinlarni egallagan ishtirokchilar 2024-yilda boʻlib oʻtadigan Candidates turniriga yoʻllanma oldilar. Shu bilan birga turnir boʻlajak jahon chempionatiga daʼvogarlarni aniqlaydi.
Ishtirokchilarning har biriga avvaliga 90 daqiqadan vaqt ajratiladi. Har bir yurish uchun esa 30 soniyadan, yurishlar soni 40 taga yetganda 30 daqiqa qoʻshib boriladi. Klassik oʻyinlardan keyin oʻzaro tenglik kuzatilsa, oʻyinchilar ikkita rapid shaxmat oʻyinini oʻynashdi. Bunda oʻyinchilar uchun 25 daqiqa hamda har bir yurish uchun 10 soniya (25+100 tizimida) qoʻshib boriladi. Yuqoridagi ikki holatda ham ishtirokchilar ochkolari teng kelgan holatda yana ikkita tezkor shaxmat oʻyinini oʻynaladi. Tezkor shaxmatda har bir oʻyinchi uchun 10 daqiqa va har bir yurish uchun 10 soniya (10+10 tizimida) vaqt qoʻshib boriladi. Agar oʻyin yuqoridagi holatlarning barida durang boʻlsa, oʻyinchilar 5+3 tizimida blits oʻyinini oʻtkazishdi.
Jadval Har bir raund uch kun davom etdi: ikki kun klassik vaqt tizimida va shu kunlar oraligʻida gʻolib nomi aniqlanmasa uchunchi kuni tay-brek oʻynaladi.
1-3-bosqichlar 30-iyuldan 7-avgustgacha davom etgan boʻlsa, 4-6-bosqichlar 9-17-avgust kunlari davom etdi. Oxirgi ikki tur esa 19-24-avgust kunlari boʻlib oʻtdi. 8-avgust hamda 18-avgust esa dam olish kuni sifatida belgilandi.
Mukofot puli Jahon kubogining umumiy pul mukofoti 1,834,000 AQSh dollarini tashkil etadi. +Mukofot puli AQSh dollarida Reyting Qolgan ishtirokchilar Jami 1-raund natijasi 78 × 3000 234 000 2-raund natijasi 64 × 6000 384 000 3-raund natijasi 32 × 10 000 320 000 4-raund natijasi 16 × 16 000 256 000 5-raund natijasi 8 × 25 000 200 000 6-raund natijasi 4 × 35 000 140 000 Toʻrtinchi oʻrin egasi 1 × 50 000 50 000 Uchinchi oʻrin egasi 1 × 60 000 60 000 Ikkinchi oʻrin egasi 1 × 80 000 80 000 Gʻolib 1 × 110 000 110 000 Jami 1 834 000
Turnirdagi oʻzgarishlar Quyida saralashlarda ishtirok etishdan bosh tortgan va ularning oʻrnida ishtirok etish huquqini olgan qatnashchilar:
, 2780 (World Champion) → , 2732 ® , 2786 ® → , 2728 ® , 2754 ® → , 2722 ® , 2775 ® → , 2709 ® , 2752 ® → , 2721 ® , 2750 (WC) → , 2716 ® , 2742 ® → , 2716 ® , 2566 (WWC) → , 2719 ® (Ju Wenjun played in the Womenʼs World Cup instead.) , 2692 (E22) → , 2624 (E22) , 2685 (E22) → , 2614 (E22) , 2640 (E22) → , 2617 (E22) , 2609 (AM22) → , IM, 2345 , 2598 (E22) → , 2550 (E22) , 2579 (E21) → , 2564 , IM, 2479 (AM23) → (AM23).
Uchinchi oʻrin uchun bahs Reyting Ism 01.08.2023 holatiga koʻra reytingi 1 2 R1 R2 Umumiy 69 Nijat Abasov 2632 1 0 0 0 1 3 Fabiano Karuana 2782 0 1 1 1 3
Final bahsi Reyting Ism 01.08.2023 holatiga koʻra reytingi 1 2 R1 R2 Umumiy 1 Magnus Karlsen 2835 ½ ½ 1 ½ 2½ 31 R Praggnanandhaa 2690 ½ ½ 0 ½ 1½
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt (inglizcha versiya) Havola Jadval