Salta (ispancha: salta) – Argentina provinsiyasi, mamlakat shimoli-gʻarbida joylashgan. Qoʻshni provinsiyalar: Formosa, Chaco, Santiago del Estero, Tucuman va Catamarka. Shimolda Boliviya va Paragvay bilan, gʻarbda esa Chili bilan chegaradosh.
Tarixi Ispaniya istilosidan oldin, hozirgi Salta provinsiyasi vodiylarida koʻplab mahalliy xalqlar (hozir Diaguitas va Calchaquies deb ataladi) yashagan. Ular koʻplab turli qabilalarni oʻz ichiga olgan: Kvilmlar, Humahuacas, Puna, Vichis. Ularning barchasi Kakan tilida soʻzlashishgan.
Ernando de Lerma 1582-yilda Oropes grafligi vitse-qiroli Fransisko de Toledoning buyrugʻiga binoan bu yerda San Felipe de Lermaga asos solgan. Tez orada shahar nomi „San Felipe de Salta“ ga oʻzgartirilgan. 1650-yilga kelib shaharda besh yuzga yaqin aholi bor edi. left|thumb| Salta shahridagi mustamlakachi Kabildo.
„Salta del Tucuman“ shahri Rio-de-la-Plata vitse-qirolligi tarkibida tashkil qilingan. 1783-yili shaharning ahamiyati ortib borayotgan davrda, Salta del Tucuman shahrining markazi San-Migel-de-Tucumandan Saltaga koʻchirildi.
1813-yildagi Salta jangida hudud Ispaniyadan ozod qilindi, ammo vaqti-vaqti bilan Peru vitse-qirolligi tomonidan 1826-yilgacha hujumlar uyushtirildi. Gervasio de Posadas 1814-yilda hozirgi Salta, Jujuy provinsiyalari hamda Boliviya janubi va Shimoliy Chilining bir qismini oʻz ichiga olgan Salta provinsiyasinini tashkil qildi.
Geografiyasi left|thumb| La Kaldera vodiysi, Salta. Provinsiyaning umumiy yer maydoni . Argentinadagi yer maydoni kattaligi boʻyicha oltinchi provinsiyasi. Provinsiyaning asosiy daryolari Pilkomayo, Bermexo, Juramentova va Salado hisoblanadi. Salta provinsiyasi geologik jihatdan faol mintaqada joylashgan va vaqti-vaqti bilan zilzilalardan aziyat chekadi. Provinsiyada toʻrtta zilzila qayd etilgan:
1692-yilda Rixter magnitudali shkala boʻyicha 7,0 ball. 1844-yilda Rixter shkalasi boʻyicha 6,5 ball. 1948-yilda Rixter shkalasi boʻyicha 7,0 ball 2010-yilda 6.1-6.3 ball.
Iqlimi thumb| Köppen iqlim xaritasi Salta, Argentina Salta provinsiyasi Capricorn tropikiga yaqin joylashgan boʻlsa-da, balandlikning oʻzgarishi tufayli turli iqlimga ega. And togʻlarining yoʻnalishi provinsiya ichida yogʻingarchilikning taqsimlanishiga taʼsir qiladi.
Iqtisodiyoti Salta iqtisodiyoti unchalik rivojlanmagan, ammo xilma-xildir. 2006-yilda uning iqtisodiyoti 5,141 milliard AQSh dollarini yoki aholi jon boshiga 4,764 AQSh dollarini tashkil etdi, bu milliy oʻrtacha koʻrsatkichdan 45 foizga past. 2012-yilda uning iqtisodiyoti aholi jon boshiga 30,613 milliard peso yoki 23,971 dollar deb baholandi The average exchange for 1 US dollar was 4.54 Argentine pesos in 2012 according to the World Bank.
Turizimi thumb| Alta Montana, Salta Arxeologiya muzeyi Salta provinsiya bir qator tabiiy, ijtimoiy va tarixiy diqqatga sazovor joylarga ega. Ular orasida uning mustamlaka uylari va sobori hamda Llullaillako vulqonidan topilgan Llullaillako bolalari sifatida tanilgan uchta muzlatilgan Inka mumiyasi saqlanadigan Arqueología de Alta Montaña de Salta muzeyi ham bor. center|thumb|600x600px| Salta poyezd yoʻli eng baland temir yoʻllardan biri boʻlib And togʻlarining baland choʻqqilari boʻylab oʻtadi.
Siyosati thumb| Salta qonun chiqaruvchi organi Provinsiya hokimiyatning vakillik va respublika shakli sifatida boshqariladi„Anuario Estadístico Año 2015–Avance 2016“ (PDF) (in Spanish). . Provinsiya hukumati uch boʻlimga boʻlingan: ijro hokimiyati,qonun chiqaruvchi va Oliy sud boshchiligidagi sud tizimi.
Argentinada eng muhim huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot Argentina federal politsiyasi hisoblanadi, ammo qoʻshimcha ish Salta provinsiya politsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Siyosiy boʻlinishi thumb| Kafayate yaqinidagi Valles Calchaquíes . thumb| Lerma vodiysi va Salta shahrining koʻrinishi. Provinsiya 23 departamentga boʻlingan 59 munitsipalitetni oʻz ichiga oladi.Provinsiya markazi Salta shahri boʻlib, u yerda provinsiya hukumati joylashgan.
Qishloqlari
Manbalar
Tashqi havolalar
Salta Province official website Salta Province official portal Tourist Secretary Salta.com Nuevo Diario de Salta Universidad Nacional de Salta Welcome Salta
Turkum:Argentina provinsiyalari