Rivera () – Urugvayga qarashli boʻlgan Rivera departamentining markazi. Braziliya bilan chegarada joylashgan. Braziliyaning Santana do Livramento shahri bilan birlashib ketgan. Ular birgalikda 200,000 ga yaqin aholiga ega shahar hududini tashkil qiladilar. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Rivera Urugvayning eng koʻp aholisi boʻlgan oltinchi shahri hisoblanadi.

Tarixi thumb| Rivera (Urugvay) va Santana do Livramento (Braziliya) shaharlari oʻrtasidagi chegara. 1860-yil 21-martda Leyning № 614 qonuniga binoan Pereyra nomi ostida qishloq sifatida tashkil etilgan. 1862-yil 7-mayda Ispaniya vitse-qiroli Pedro de Sevallos sharafiga Leyning № 704 qonuni bilan Ceballos deb qayta nomlangan. 1867-yil iyul oyida esa Rivera nomini olgan va shahar maqomi berilgan.

Aholisi 2011-yilda Rivera shahri aholisi 64,465 kishini tashkil qilgan edi. Yil Aholi soni 1867-yil 341 1889-yil 1,000 1908-yil 8,986 1963-yil 41,266 1975-yil 48,780 1985-yil 57,314 1996-yil 62,859 2004-yil 64,426 2011-yil 64,465 Manba: Urugvay Milliy universiteti.

Ibodat joylari right|thumb| Riveraning asosiy koʻchalaridan biri. St. Dominic cherkovi Immaculate Conception cherkovi St. Peter cherkovi Sacred Heart cherkovi

Taniqli odamlari Ronald Araujo, „Barselona“ klubining professional futbolchisi. Luiz Eduardo Garagorri, aralash jang ustasi. UFC bilan shartnomasi bor. Aparicio Méndez, 1976-yildan 1981-yilgacha Urugvay prezidenti boʻlgan. U hech qachon demokratik yoʻl bilan saylanmagan. Harbiy diktatura tomonidan tayinlangan. Rodrigo Mora, „Atlético River Plate“ klubi futbolchisi. Atlético River Plate, professional futbolchi.

Manbalar

Havolalar Rivera, Santa Teresa, Mandubi va Lagunonning INE xaritasi

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Urugvay shaharlari Turkum:Boʻlingan shaharlar