Art+Feminism — 2014-yilda boshlangan Vikipediyaga ayol ijodkorlar haqida maʼlumot qoʻshish uchun har yili butun dunyo boʻylab boʻlib oʻtadigan edit-a-thon hisoblanadi. Loyiha „Vikipediyada erkaklar tomonidan va ular haqida nomutanosib ravishda yoziladigan doimiy tarafkashlikni tuzatish boʻyicha koʻp millatli katta harakat“ sifatida tavsiflangan.

2014-yilda Art+Feminismning ilk kampaniyasi 30 ta alohida tadbirda 600 nafar koʻngillini jalb qildi. Keyingi yili jami 1300 nafar koʻngilli 17 ta turli mamlakatlarda, toʻrt qitʼada boʻlib oʻtgan 70 ta tadbirda qatnashdi. Oʻshandan beri 1500 dan ortiq tadbirlarda 20 000 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Bu 100 000 dan ortiq Vikipediya maqolalarida ijobiy natijalarga olib keldi. 2021-yil holatiga koʻra, dunyo boʻylab 1260 ta tadbirda 18 000 dan ortiq odam qatnashdi va, taxminan, 84 000 ta Vikipediya maqolalari yaratildi va tahrirlandi.

Loyiha tashkil etilishi

Art+feminizm kutubxonachi Siân Evans Shimoliy Amerika sanʼat kutubxonalari jamiyati uchun ayollar va sanʼat loyihasini ishlab chiqayotganda boshlangan. Evans Jacqueline Mabey, Michael Mandiberg va Laurel Ptak yordamida loyihani tashkil etadi.

Art+Feminism loyihasini tashkil etishning sabablaridan biri Vikipediyaning kataloglash tizimini tanqid qilayotgan ommaviy axborot vositalariga javob qaytarish edi. Loyiha Vikipediyadagi boʻshliqlarni toʻldirishda va ayol tahrirchilar sonini koʻpaytirishda davom etmoqda. Vikipediyadagi tarjimai hollarning atigi 17 foizi ayollar haqida va Vikipediya tahrirchilarining atigi 15 foizi ayollardan iboratdir. Kira Visnevski 2020-yilda Art+Feminism ijrochi direktori etib tayindi.

Tadbirlar

Edit-a-thon 2015-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlaridan tashqari Avstraliya, Kanada, Kambodja, Hindiston, Yangi Zelandiya va Shotlandiya kabi joylardan ommaviy axborot vositalarida yoritildi. Qoʻshma Shtatlar ichida esa Nyu-York, Kaliforniya, Kanzas, Pensilvaniya, Texas va Gʻarbiy Virjiniya kabi joylarda ham oʻtkazildi.

2020-yilda, COVID-19 pandemiyasidan xavotirlar tufayli, tadbir Zoom video konferensiya ilovasi orqali virtual tarzda oʻtkazildi. 2021-yilda Art+Feminism edit-a-thoni COVID-19 xavotirlari tufayli yana virtualga aylantirildi.

Although the project is global, director Kira Wisniewski lives in Baltimore and personally organizes events and collaborations with cultural organizations in that area.

Loyiha global tarzda oʻtkazilsa-da, Kira Visnevski Baltimorda istiqomat qiladi va tadbirlarni hududlardagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib oʻtkazadi.

Ishtirokchilar tomonidan kiritilgan maʻlumotlar Vikipediyadagi muvofiqlashtiruvchi forumda kuzatiladi.

Tan olinishi 2014-yil noyabr oyida Foreign Policy jurnali Evans, Mabey, Mandiberg, Knipel, Howard va Ptakni Vikipediyada jins tafovutiga qarshi kurashganini alohida eʼtirof etdi.

Yana qarang Qizil kiyimdagi ayollar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Vikipediya