Paskal Gross (, baʼzan ingliz tilida Gross sifatida koʻrsatiladi; 1991-yil 15-iyunda tugʻilgan) – Germaniyalik professional futbolchi, Angilya Premier Ligasining „Brighton & Hove Albion“ jamoasi aʼzosi. Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Koʻp qirrali oʻyinchi, faoliyati boshida himoyaviy yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi, hujumkor yarim himoyachi, hattoki hujumchi sifatida ham oʻynagan.

Gross Germaniya terma jamoasi safida xalqaro miqyosda oʻynagan. Gross 32 yoshida ya'ni 2023-yil avgustida, Germaniyaning asosiy terma jamoasi safiga chaqirilgan va terma jamoa tarkibida debyut qilgan. Oʻsha yilning 9-sentyabrida Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Nemis libosida ilk marta maydonga tushgan.

Klublardagi faoliyati

Dastlabki yillar Gross Bundesligadagi birinchi toʻliq professional oʻyinini 1899-yilda Xoffenxaym tarkibida, 2009-yilning 2-mayida VfL Volfsburg jamoasiga qarshi oʻyinda (0:4) oʻtkazadi. Oʻsha oʻyinning 89-daqiqasida Chinedu Obasi oʻrniga maydonga tushadi. Faoliyatidagi birinchi golini 2009-yil 16-avgustda „Xoffenxaym II“ safida „Shtutgarter Kickers II“ ga qarshi oʻyinda kiritadi. 2011-yil yanvar oyida „Xoffenxaymdagi“ jamoadoshi Marko Terrazzino bilan „Karlsruher SC“ jamoasi tarkibiga koʻchib oʻtadi.

Ingolshtadt 2012-yilning yozida Gross ikki yillik shartnoma asosida Ingolshtadt jamoasi safigaga qoʻshiladi. 2014-2015-yilgi mavsumda u Ingolshtadtning Bundesligaga koʻtarilishida muhim rol oʻynaydi, chunki jamoa tarkibida 7 ta gol urib, 23 ta golga assistentlik qiladi.

Gross 2016-2017-yilgi mavsumda Ingolshtadt uchun ligada beshta gol urgan, chunki ular Bundesligadan tushib ketishgan edi. U oʻsha mavsumda liganing boshqa oʻyinchilariga qaraganda koʻproq gollik imkoniyat yaratadi, jami 95 ta gollik imkoniyat.

Brighton & Hove Albion

2017-2018-yilgi mavsum 2017-yilning may oyida Brighton & Hove Albion Gross bilan 3 million funt sterling evaziga shartnoma imzolaydi. U toʻrt yillik shartnomaga rozi boʻladi, shu bilan birga Ingolshtadtga toʻlangan transfer summasi oʻsha mavsumda klub uchun rekord summadagi transferlarning dastlabkisi edi.

2017-yilning 12-avgustida Premer-ligada „Brayton“ safida debyut qiladi, oʻz uyida chempionlik poygasida favorit "Manchester Siti" dan 2:0 hisobida magʻlub boʻladi. 2017-yil 9-sentabrda Gross „Brayton“ tarkibidagi oʻzining Premer-ligadagi ilk golini uradi, tanaffusdan koʻp oʻtmay ikkinchi golni ham kiritadi va "Vest Bromvich" ga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Oʻsha oʻyinda u Tomer Hemed goliga assistentlik ham qilgan. 15-sentabr kuni „Brayton“ning "Bornmut" mehmoni boʻladi va 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Uchrashuvida Gross Solli Martning birinchi goliga assistentlik qiladi.

Xalqaro maydonda 2023-yil 31-avgust kuni Groß Germaniya terma jamoasiga birinchi marta bosh murabbiy Xansi Flik tomonidan Yaponiya va Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqiruv oladi. U 9-sentabr kuni Yaponiyaga qarshi uyinda 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan uchrashuvda 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushadi. 11-sentyabr kuni esa Fransiyaga qarshi oʻyinning 25-daqiqasida Xans Flikning oʻrniga tayinlangan, vaqtinchalik murabbiy Rudi Vuller Grossni maydonga tashlaydi. Oʻyinda Fransiya 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Gross Germaniya terma jamoasidagi ilk o‘yinini AQShga qarshi 3:1 hisobida g‘alaba bilan boshladi.

Oʻyin uslubi Gross markaziy yarim himoyachi, vinger, hujumkor yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisi sifatida harakat qila oladigan kam sonli futbolchilardan biri.

Shaxsiy hayot Uning otasi Stefan professional futbolchi boʻlgan. Oʻz vaqtida Paskalning otasi Karlsruher SCda jamoasi sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi

+KlubMavsumLigaMilliy jamoaLiga kubikBoshqaJamiDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1899 Hoffenheym2008–2009Bundesliga4000——402009–2010Bundesliga1010——20Jami5010——601899 Hoffenheim II2010–2011Regionalliga Süd174———174Karlsruher SC II2010–2011Regionalliga Süd30———302011–2012Regionalliga Süd81———81Jami111———111Karlsruher SC2010–20112. Bundesliga3100——312011–20122. Bundesliga22210—21253Jami25310—21284FC Ingolstadt2012–20132. Bundesliga30210——3122013–20142. Bundesliga29220——3122014–20152. Bundesliga34710——3572015–2016Bundesliga32110——3312016–2017Bundesliga33520——355Jami1581770——16517FC Ingolstadt II2013–2014Regionalliga Bayern10———10Brighton & Hove Albion2017–2018Premier League3871000—3972018–2019Premier League2531010—2732019–2020Premier League2921010—3122020–2021Premier League3433030—4032021–2022Premier League2922020—3322022–2023Premier League3795120—44102023–2024Premier League5200000052Jami19728131900021929Faoliyatidagi jami41453221902144755

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Germaniya 2023-yil 2 0 Jami 2 0

Yutuqlar Ingolshtadt 04

2. Bundesliga : 2014–2015

Individual

Brighton & Hove Albion yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017–2018.

Manbalar

Havolalar

Pascal Groß Borussia Dortmund saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Germaniya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari