Erdal Tosun (1963-yil 9-aprelda tugʻilgan – 2016-yil 30-noyabrda vafot etgan) turk aktyori.
Biografiyasi 1982-yilda Mimar Sinan Fine Arts Universityni tamomlagan. Faoliyatini asosan sahna aktyori sifatida boshlagan. Oʻsha davrda Tosun Murathan Mungan, Yılmaz Erdoğan kabi taniqli dramaturg va rejissyorlar bilan birgalikda ishlagan. Hattoki amerikalik mashhur aktyor Woody Allen yozgan pyesalar spektakllariga moslashtirilgan filmlarda suratga tushgan. Shuningdek, u hayoti davomida 40 dan ortiq filmlar va 13 ta telekoʻrsatuvlarni olib borgan. Tosun 1983-yilda rejissyor Atıf Yılmaz tomonidan suratga olingan Mine filmida kinodagi ilk rolini oʻynadi. Tonusning eng mashhur rollari orasiga 2010-yilgi Rina filmidagi oʻynaga rolini misol qilish mumkin. Televideniyega kelsak, Tosun Kardeş Payı teleserialida suratga tushgan. Bu uning oʻlimidan oldingi rollaridan biri boʻlgan. Ovoz (dublyaj) artisti sifatida Tonus League of Legends video oʻyini uchun ovoz berdi.
Shaxsiy hayoti 1995-yilda Tosun Ilknur Tosunga ismli qizga uylandi, lekin 20 yillik turmushdan keyin ular ajrashishdi. Ularning 1996-yilda tugʻilgan Zeynep Kiraz Tosun ismli bir qizi bor edi.
Oʻlimi Erdal Tosun 2016-yil 30-noyabr kuni erta tongda Istanbuldagi yoʻlning chorrahasidan oʻtib ketayotganda avtohalokatga uchrab vafot etdi. Erdal Tosunni Zincirlikuyu qabristonining otasi va ukasi dafn etilgan joyga uni ham dafn etishdi.
Filmografiya Kinolari Mine (1983) Vizontele (2001) Vizontele Tuuba (2004) G.O.R.A. (2004) Lovelorn (2005) My Father and My Son (2005) Magic Carpet Ride (2005) Home Coming (2006) The Masked Gang: Iraq (2007) Kutsal Damacana (2007) The Masked Gang: Cyprus (2008) Jolly Life (2009) Vay Arkadaş (2010) Telling Tales (2015) Trouble on Wheels (2015) Düğün Dernek 2: Sünnet (2015)
Yana qarang
Manbalar
Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Istanbullik aktyorlar Turkum:Turkiyalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar