thumb|Petrobrasning 2002 va 2006-yillar oraligʻidagi moliyaviy oʻsishi thumb|UFRN, Natal, Braziliyada yogʻoch ot nomi bilan mashhur boʻlgan Petrobrasning quruqlikdagi neft nasosining standart modeli. thumb|San-Pauluning Paulista prospektidagi Petrobras ofislari joylashgan osmonoʻpar bino. Petróleo Brasileiro S. A. – Petrobras (Portugalcha talaffuzi: [ˌpɛtɾoˈbɾas, pet-]) nomi bilan tanilgan Braziliyaning neft sanoatidagi davlat egalik qiladigan transmilliy korporatsiyasi. Korporatsiya bosh qarorgohi Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan. Kompaniya nomi ingliz tiliga Brazilian Petroleum Corporation — Petrobras deb tarjima qilinadi.
Fortunening eng soʻngi Global 500 roʻyxatida kompaniya 181-oʻrinda turibdi. Forbesning 2020-yilgi Global 2000 roʻyxatida esa ushbu aksiyadorlik jamiyati 65-oʻrinni egallagan.
Tarixi Petrobras 1953-yili Braziliya prezidenti Getúlio Vargas hukumati tomonidan „Neft bizniki“ (portugalcha: „O petróleo é nosso“) shiori ostida yaratiladi. Hamda unga hukumat tomonidan qonuniy monopoliya huquqi beriladi. Braziliyaning 1953-yildagi kunlik neft ishlab chiqarish hajmi atigi 2700 barrelni tashkil etgan. Petrobras 1961-yilda Rio-de-Janeyro shahri yaqinida REDUC nomli neftni qayta ishlash zavodini ishga tushiradi. 1963-yilda esa Rio-de-Janeyroda Cenpes nomli tadqiqot markazi ochadi. Markaz haligacha energiyaga oid tadqiqotlarni olib boradigan dunyodagi eng yirik tadqiqot markazlaridan biridir. 1968-yilda kompaniya neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va naftani etilenga aylantirishga ixtisoslashgan Petrobras Quimica S.A („Petroquisa“) shoʻba kompaniyasini tashkil etadi.
1953-yilda Petrobras neft slanetslarini qayta ishlashni boshlaydi. Yana, kompaniya neft slanetsidan neft ajratib olish uchun Petrosix texnologiyasini ham ishlab chiqadi. 1990-yillarda kompaniya slanetsni qayta ishlash uchun sanoat oʻlchamidagi retortdan foydalanishni boshlaydi. 2006-yilda Petrobras sanoat retorti soatiga 260 tonnagacha slanetsni qayta ishlash quvvatiga ega ekani haqida xabar beradi„PETROSIX INDUSTRIAL PLANT IN OPERATION“.
Petrobras 1994-yilda Petrobras 36 nomli dunyodagi eng katta neft platformasini ishga tushiradi. Ammo platforma 2001-yildagi portlashdan soʻng butunlay suv ostiga gʻarq boʻladi. Hukumat 1997-yilda Braziliya neft konlarida raqobatni ochib bergan № 9.478-sonli qonunni tasdiqlaydi va Petrobrasning qonuniy monopoliya huquqini bekor qiladi. Shuningdek, hukumat neft sanoatini tartibga solish va nazorat qilish uchun masʼul Agência Nacional do Petroleo (ANP) milliy neft agentligini tashkil etadi. Xususan, bu vaqtda davlat energetika siyosatini ishlab chiqish uchun masʼul boʻlgan Energetika Siyosati Milliy Kengashi davlat agentligini ham tuziladi. 1999-yilda Milliy Neft Agentligi boshqa kompaniyalar bilan shartnomalar tuzib, Petrobrasning monopoliyasiga toʻliq barham beradi.
2000-yilda Petrobras dengiz sathidan 1877 metr (6158 fut) chuqurlikkacha yetib borib, suvda neft qidirish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatadi. 2002-yilda Petrobras Argentinadagi Perez Companc Family Groupning Perez Companc Energía (PECOM Energía S. A.) kompaniyasini 1,18 milliard dollarga sotib oladi. Ushbu kompaniyaning aktivlari Argentina, Braziliya, Venesuela, Boliviya, Peru va Ekvadordagi 1,1 milliard barrel xom neft zaxiralarini va kuniga 181 ming barrel neft ekvivalenti (1,110,000 GJ) ishlab chiqarish hajmini oʻz ichiga oladi.
2005-yilda Petrobras Nippon Alcohol Hanbai KK bilan Brazil-Japan Ethanol nomli Braziliya etanolini Yaponiyaga sotish bilan shugʻullanadigan qoʻshma korxona tuzadi. 2006-yil 21-aprelda kompaniya Campos havzasidagi Albacora East konida P-50 neft platformasini ishga tushiradi. Shu tariqa Braziliya neft mustaqilligiga erishadi. 2010-yillarda Ishchilar Partiyasi maʼmuriyati davrida Petrobras motor yoqilgʻisini subsidiyalash uchun taxminan 40 milliard dollar sarflaydi. Bu esa uni dunyodagi eng koʻp qarzga ega neft kompaniyasiga aylantiradi. 2015-yilning noyabriga kelib kompaniyaning umumiy 128 milliard dollarlik qarzining 84% xorijiy valyutada olingan edi.
Logolari
Operatsiyalar
Biznes tarmoqlari Kompaniya biznesning oltita tarmogʻida faoliyat yuritadi. Quyidagi roʻyxat ularning daromadi boʻyicha saralab chiqilgan:
Qayta ishlash, tashish va marketing – neftni qayta ishlash, logistika, transport, savdo operatsiyalari, neft mahsulotlari va xom neftning eksporti va importi va Braziliyaga neft-kimyo moddalari sanoatiga investitsiyalar Qidiruv va qazib olish – Braziliyada xom neft, suyultirilgan tabiiy gaz (NGL) va tabiiy gazni qidirish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish Yetkazib berish – neft mahsulotlari, etanol, biodizel va tabiiy gazni ulgurji sotuvchilarga va Braziliyadagi Petrobras Distribuidora S. A. chakana savdo tarmogʻi orqali isteʼmolchilarga yetkazib berish Gaz va energiya – tabiiy gaz va suyultirilgan tabiiy gazni tashish va sotish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish, oʻgʻitlar biznesi Xalqaro – Braziliyadan tashqarida neft va gazni qidirish va qazib olish, qayta ishlash, tashish va marketing, yetkazib berish hamda gaz va energiya operatsiyalari Bioyoqilgʻilar – biodizel va uning qoʻshimcha mahsulotlarini ishlab chiqarish va etanol bilan bogʻliq faoliyat, masalan, aksiyadorlik investitsiyalari, etanol, shakar va shakar qamishdan qoʻshimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish
Ishlab chiqarish va zaxiralar Pertobras Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoning 16 davlatida katta miqdordagi energiya va neft aktivlari ustidan nazoratga egalik qiladi.
Biroq, Petrobrasning 2014-yilgi jami ishlab chiqargan neftining 92 foizi Braziliya hissasiga toʻgʻri kelgan. 2014-yil 31-dekabr holatiga koʻra, Petrobras umumiy zaxiralarining 97 foizi ham ushbu davlat hududida joylashgan. Ushbu vaqtga kelib kompaniya 8,112.8 million barrel neft ekvivalentidagi (4,9633×1010 GJ) aniqlangan-oʻzlashtirilgan va 4,599,7 mln. barrel neft ekvivalentidagi (2,8140×1010 GJ) aniqlangan-oʻzlashtirilmagan neft zahiralariga egalik qilar edi. Zaxiralarning 62,7 foizi Kampos dengiz havzasida joylashgan. Kompaniyaning eng istiqbolli koni Santos havzasidagi Tupi neft koni hisoblanadi.
Kompaniya 2015-yilda kuniga 2,284 million barrel neft ekvivalentini (13 970 000 GJ) ishlab chiqargan. Bundan 89 foizi neft va 11 foizi tabiiy gaz hissasiga toʻgʻri keladi.
Xalqaro sarmoyalar thumb|Petrobrasning global neft qidiruv ishlari. Grafikda 2006-yil dekabr oyida Braziliyadan tashqarida kunlik ishlab chiqarilgan 243 292 barrel neft ekvivalenti davlatlar kesimida tasvirlangan thumb|2007-yilda Boliviya hukumati tomonidan milliylashtirilgan Kochabambadagi neftni qayta ishlash zavodi 2014-yilda kompaniya ishlab chiqargan neftning 8.4 foizini Braziliyadan tashqaridagi zaxiralar hissasiga toʻgʻri kelgan. Ushbu zaxiralarning asosiy qismi Janubiy Amerikaning Boliviya va Kolumbiya davlatlarida joylashgan.
Petrobras Texasda neftni qayta ishlash zavodlariga ega (kuniga 100 000 barrel). Kompaniya, shuningdek, Meksika qoʻltigʻidagi qidiruv bloklariga ham egalik qiladi.
Qayta ishlash zavodlari
Shimoliy mintaqa
REMAN – Refinaria Isaak Sabba – Manaus (Amazonas) – kuniga 46 000 barrel
Shimoli-sharqiy mintaqa
RNEST – Abreu e Lima neftni qayta ishlash zavodi – Suape (Pernambuko) – kuniga 230 000 barrel RPCC – Potiguar Clara neftni qayta ishlash zavodi – Guamaré (Rio Grande do Norte) – kuniga 37 700 barrel LUBNOR – Lubrificantes va Derivados de Petroleo do Nordeste – Fortaleza (Ceará) – kuniga 8000 barrel
Janubi-sharqiy mintaqa
REGAP – Gabriel Passos neftni qayta ishlash zavodi – Betim (Minas-Jerais) – kuniga 150 000 barrel REPLAN – Paulinia neftni qayta ishlash zavodi – Paulinia (San-Paulu) – kuniga 415 000 barrel REVAP – Henrique Lages neftni qayta ishlash zavodi – San-Xose-dus-Kampos (San-Paulu) – kuniga 252 000 barrel RPBC – Presidente Bernardes neftni qayta ishlash zavodi – Kubatão (San-Paulu) – kuniga 178 000 barrel RECAP – Kapuava neftni qayta ishlash zavodi – Maua (San-Paulu) – kuniga 53 000 barrel REDUC – Duque de Caxias neftni qayta ishlash zavodi – Duque de Caxias (Rio-de-Janeyro) – kuniga 239 000 barrel COMPERJ (nomi GASLUB deb oʻzgartirilgan) – Itaboraí (Rio-de-Janeyro) – Qurilyapti
Janubiy mintaqa
REPAR – Prezident Getulio Vargas neftni qayta ishlash zavodi – Araukariya (Parana) – kuniga 207 563 barrel REFAP – Alberto Pasqualini neftni qayta ishlash zavodi – Kanoas (Rio Grande do Sul) – kuniga 201 280 barrel
Ishlab chiqarish Petrobras geologi Walter K. Link 1961-yilda Linkʻs memorandumini chop etadi. Unda kompaniya quruqlikdan koʻra dengizdagi qidiruv ishlarida yaxshiroq ekanligi taʼkidlanadi. Petrobras 1963-yilda Recôncavo Baiano va Carmopolis neft konlarini topadi.
Kompaniyaning oʻsishi 1973-yilgi neft inqirozi sabab toʻxtab qoladi. Butun mamlakat bundan aziyat chekadi. Mamlakatning yillik yalpi ichki mahsuloti 10%dan oʻsgan „Braziliya moʻjizasi“ davri ham shu tariqa yakuniga yetadi. Petrobras deyarli bankrotlikka yuz tutadi. Ammo 1974-yilda Kampos havzasida neft koni topiladi va bu kashfiyot kompaniyaning moliyaviy holatini yaxshilab, kompaniyani butun mamlakat boʻylab qayta tiklashiga imkon yaratadi. 1975-yilda Braziliya hukumati chet el operatorlariga vaqtincha Braziliyaga kirishga ruxsat beradi va Petrobras Braziliyadagi neft konlarida xorijiy kompaniyalar bilan qidiruv ishlari boʻyicha shartnomalar imzolaydi.
Kompaniya 1979-yilgi energiya inqirozidan ham qattiq aziyat chekadi. Ammo bu safar 1973-yilgidek qaqshatqich boʻlmaydi.
1997-yilda Petrobras kuniga 1 million barrel (160 000 m3) neft ishlab chiqarishga erishadi. Shuningdek, kompaniya boshqa Lotin Amerikasi hukumatlari bilan ham shartnomalar imzolaydi. Bu esa kompaniyaning Braziliyadan tashqarida ham faoliyat yuritshiga turtki boʻladi.
2003-yil Petrobras oʻzining 50-yillik yubileyida kuniga 2 million barrel ekvivalentini (12,000,000 GJ) ishlab chiqaradi. Boliviyadagi gaz inqirozidan soʻng 2006-yil 1-mayda Boliviya prezidenti Evo Morales mamlakatdagi barcha neft va gaz konlari milliylashtirilishi haqida eʼlon qiladi va Boliviya armiyasiga barcha konlarni egallashga buyruq beradi. Natijada Petrobras Boliviyadagi asosiy investitsiya dasturini bekor qiladi. Boliviya hukumati esa chet el neft kompaniyalaridan neftdan olinadigan foydaning 82 foizini talab qila boshlaydi. Ammo oxiri 50 foizga rozi boʻladi.
Petrobras 2007-yilda Petrobras 52 neft platformasini ishga tushiradi. Ushbu platforma Braziliyadagi eng katta, dunyodagi uchinchi eng yirik neft platformasiga aylanadi.
2007 va 2008-yillarda Petrobras bir qancha yirik neft konlarni topadi. Rio-de-Janeyrodan 300 km uzoqlikda joylashgan Santos neft havzasidagi Tupi (avval Lula neft koni deb atalgan), Jupiter va Sugar Loaf konlari shular jumlasidandir. Ushbu neft konlari Petrobras, Royal Dutch Shell va Galp Energia neft kompaniyalarining hamkorligida topilgan. Ammo, topilgan yangi konlarining neft zaxiralari boʻyicha hisob-kitoblari bir-biridan katta farq qilgan. thumb|Petrobras 51 neft platformasi. Birinchi 100% Braziliya tomonidan qurilgan neft platformasi Kuniga 180 000 barrelgacha neft ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan, toʻliq Braziliya tomonidan qurilgan birinchi yarim suv osti neft platformasi, P-51, 2009-yilning yanvar oyida Kampos havzasida ishga tushiriladi. 2009-yil fevral oyida Xitoy Sinopecning shoʻba korxonasiga kuniga 60-100 000 va PetroChinaga esa 40-60 000 barrel hajmidagi neft yetkazib berish evaziga Petrobrasni kreditlashga rozi boʻladi. Kreditlash hajmi 10 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. 2009-yil avgust oyida Petrobras 400 million AQSh dollari evaziga ExxonMobilning Chilidagi Esso aktivlarini sotib oladi.