Mandy Lutvama Juruni – Ugandalik professional basketbolchi hamda basketbol murabbiysi hisoblanadi. Mandy Juruni 2012-yildan beri City Oilers terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Mandy Juruni Ugandaning basketbol boʻyicha milliy terma jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan („Silverbacks“ laqabli), hamda u ikki marta toʻgʻridan-toʻgʻri AfroBasket, Basketbol boʻyicha rasmiy Afrika chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Silverbacks coach Juruni delighted with return to AfroBasket, Franklin Kaweru (Kawowo sports), March 2017. Accessed 20 May 2017..
Oʻyin faoliyati Oʻzining basketbolchilik faoliyati davomida Juruni posbon sifatida oʻynagan hamda 2003-yildan 2007-yilgacha Charging Rhinos terma jamoasi tarkibida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati Mandy Juruni milliy ikkinchi divizionda oʻynagan „Siti Oilers“ ga murabbiylik qila boshlagan Juruni eyes 2013 Basketball crown, NewVision.co.ug, 17 May 2013. Accessed 16 May 2017.. U oʻsha paytda faoliyatinioʻyinchi-murabbiy sifatida boshlagan. Keyinroq murabbiylik vazifalarini bajarishga kirishgan. 2012-yilda Mandy Juruni Kyambogo Warriors tomonidan ham ijaraga olingan boʻlib, u yuqori darajadagi UNBL chempionatiga rahbarlik qilgan.
Mandy Juruni Oilersni sakkizta UNBL chempionatiga va bitta BAL saralashiga olib kelgan. Oilers 2023-yilgi BAL mavsumida Nil konferensiyasida oʻynagaan hamda 1-4 rekordidan keyin oltinchi oʻrinni egallagan. Ular 3-may kuni Ferroviario da Beyraga qarshi oʻzlarining ilk BAL oʻyinida gʻalaba qozonishgan.
Mukofotlari
2013, 2019, 2022-yillar Milliy basketbol ligasi chempioni (Uganda)
Manbalar
Havolalar
eurobasket.com profili Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar