― Yaponiyaning Tokushima Prefekturasida joylashgan shahar. , shahar aholisi 23 782 kishini tashkil qiladi. Shahar umumiy maydoni 721.42 km2 ni tashkil etadi.

Geografiyasi Miyoshi shahri Tokushima prefekturasining gʻarbiy qismida joylashgan va Shikoku orolidagi eng yirik munitsipalitet boʻlib, prefektura hududining 1/6 qismini egallaydi. Shikoku togʻlari juda tik boʻlib, koʻchki xavfini keltirib chiqaradi. Bunda tuproq eroziyasini oldini olish maqsadida anʼanaviy dehqonchilik usllaridan foydalaniladi. Shuningdek, Hashikura tabiat bogʻi Miyoshi va Higashimiyoshi shaharlari oʻrtasidagi chegarada joylashgan.

Iqlimi Miyoshi nam subtropik iqlimga ega boʻlib, yozi issiq va qishda ancha salqin. Yillik yogʻin miqdori koʻp, biroq nam yoz fasli va quruq qish fasllaridagi yogʻin miqdori oʻrtasida sezilarli farq bor. Miyoshida oʻrtacha yillik harorat . Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori , eng koʻp yogʻingarchilik sentyabr oyiga toʻgʻri keladi. Avgust oyida eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan atrofida boʻladi. Miyoshida qayd etilgan eng yuqori harorat ni tashkil etdi. 1981-yil 28-fevralda eng sovuq harorat qayd etilgan. Demografiyasi

Yaponiya statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Miyoshi aholisi 23 605 kishini tashkil qildi. Miyoshi shahrida 1920-yildan buyon aholini roʻyxatga olish ishlari olib borilmoqda.

Hukumat Miyoshi shahri hokimiyati mer va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan iborat. Shahar kengashi mer-kengash boshqaruv shaklida ish yuritadi. Miyoshi shahridan Tokusima Prefektura Assambleyasiga (TPA) ikkita aʼzo saylanadi. Siyosiy tomondan, shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Tokusima 2-okrugiga kiradi.

Iqtisodiyoti Miyoshi iqtisodiyoti, asosan, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.

Taʼlim Miyoshida shahar hukumatga qarashli 13 ta davlat boshlangʻich maktabi va oltita oʻrta taʼlim maktabi va Tokusima prefekturasi taʼlim boshqarmasiga qarashli uchta maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham tashkil etilgan.

Manbalar

Turkum:Yaponiya