Shukrullaboy Miskinov – Xiva xonligining elchilaridan biri. 1847-yilda Rossiya imperiyasiga elchilik missiyasi bilan joʻnatilgan. Keyinchalik Xiva xonligi nomidan Usmoniylar davlatining poytaxti Istanbul shahriga elchi sifatida tashrif buyurgan. Elchilik faoliyati 1846-yil dekabr oyida Orenburg shahriga Xorazm xoni Muhammad Aminxonning elchilari – Qilich Niyozmuhammedov va Shukrullaboy Miskinov yetib boradi. 1847-yil 9-mart kuni ular Sankt-Peterburgga yetib borishgan. Elchilar Rossiya imperiyasi tomonidan Sirdaryoning quyilish joyi yaqinida qurilgan Raim istehkomini buzish masalasini koʻtaradilar. Biroq, Nikolay I bu talabga rad javobini bergan. Shundan soʻng 1847—1848-yillarda Xiva otryadlari va podsho harbiy qismlari oʻrtasida kichik harbiy toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi. Muvaffaqiyatga erisha olmagan Muhammad Aminxon bu masalani yana tinch yoʻl bilan hal qilishga harakat qila boshlaydiГуломов Х. Г., Дипломатические отношения государств Средней Азии с Россией в XVIII — первой половине XIX века. Ташкент, 2005. Buning uchun 1852-yilda 11 kishidan iborat elchilar hayʼati Shukrullaboy Miskinov boshchiligida Rossiya imperiyasiga joʻnatiladi. Bu oʻrinda shuni taʼkidlash kerakki, aholi oʻz davlatini doimo Xorazm deb bilgan. Rus tarixchilari esa XVII asrdan soʻng poytaxt Xiva shahriga koʻchirilgani munosabati bilan uni Xiva xonligi deb atay boshlaganlarБрегель Ю. Э. Хорезмские туркмены в XIX веке / Акад. наук СССР. Ин-т народов Азии. — М.: Издательство восточной литературы, 1961. — 442-b.. Rossiyaga amalga oshirilgan elchilik missiyalaridan soʻng Shukrullaboy Miskinov 1854—1855-yillar oraligʻida Usmoniylar davlatiga elchi sifatida yuborilgan. Bu borada Ogahiy oʻzining „Gulshani davlat“ asarida quyidagicha maʼlumot berib oʻtgan:

Manbalar

Adabiyotlar • Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005. Turkum:Xiva xonligining elchilari Turkum:Xiva xonligi kishilari Turkum:Rossiya imperiyasiga tashrif buyurgan elchilar