Aktenge Keunimjaeva (1999-yil 19-sentyabr, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik erkin kurashchi. Aktenge kurash boʻyicha Osiyo chempionatining uch karra bronza medali sovrindori. Shuningdek, 2021-yili Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarining kumush medali sovrindori.
Faoliyati 2019-yilda Keunimjaeva ayollar oʻrtasida 53kg vazn toifasida Qozogʻistonning Nur-Sulton shahrida kurash boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadi. U oʻzining ilk uchrashuvida kubalik Lianna Monteroga qarshi kurash olib boradi.
Keunimjaeva Qozogʻistonning Olmaota shahrida kurash boʻyicha 2021-yilgi Osiyo olimpiya saralash turnirida ishtirok etadi.
2022-yilda Keunimjaeva Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Yasar Dogu turnirida ishtirok etadi. U2021-yilda Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtadigan Islom birdamlik oʻyinlarida 53 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritadi. Aktenge 53 kg vazn toifasida 2022-yil Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha jahon chempionatda ishtirok etadi.
Yutuqlari YilTurnirManzilNatijaMusobaqa2019-yilOsiyo chempionatiSian, Xitoy3Erkin uslub 53kg2020-yilOsiyo chempionatiYangi Dehli, Hindiston3Erkin uslub 53kg2022-yilIslom birdamlik oʻyinlariKonya, Turkiya2Erkin uslub 53kg2023-yilOsiyo chempionatiOstona, Qozogʻiston3Erkin uslub 53kg
Manbalar
Havolalar
Aktenge Keunimjaeva at the International Wrestling Database
Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari