Namuna– Xorazm viloayti Xonqa tumanidagi 10 ta fuqarolar yigʻinidan biri hisoblanadi. Qishloqning umumiy yer maydoni 3.325 gekarni tashkil qiladi. Qishloqda yashovchi aholi 7500 kishidan ortiq.Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015. Qishloq bir qancha elatlarni birlashtirgan. Bulardan; Turkiston, Dosh, Nonli, Zargar, Ollashboy, Killavush, Tuproq, Javza kabi qadimiy elatlar yashaydi. Etimologiyasi Qariyalarning aytishicha bu yerni dastlab Turkiston deb nomlangan boʻlib keyinchalik namuna qishlogʻi nomiga oʻzgartirilgan. Turkiston deb nomlanganligini qariyalar shunday deb aytishadi. Janubiy Qozog'istonning Turkiston sharhidan 3 ta oila kelib oʻrnashgan va ular shu yerda yashab qolgangan. Vaqtlar oʻtishi bilan bu yerda insonlar koʻpayib, koʻchib kelgan aholi bu yerlarni oʻz ona yurtlari nomi bilan atashgan. 1931-yilda Tomadurvadik qishlogʻi bilan qoʻshildi.OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI. Toshkent. 2022 Namuna qishlogʻi 1969-yilda Tomadurvadik qishlogʻiajratildi va uning bir qismi „Namuna“ deb aytila boshlangan boʻlsa qolgan qismi Tomadurvadik deb nomlangan. Joylashuvi Qishloqni bir tomondan Amudadaryo qishlogʻi oʻrab tursa boʻlsa boshqa tomonida Xorazm fermerlik xoʻjaligi bor. Janub tomondan Madir qishlogʻi bilan chegaradosh boʻlsa boshqa taraflardan Xonqa shaharchasi va Tomadurvadik qishloʻgʻi bilan Chegaradosh hisoblanadi. Qishloq hududidan Shovot, Xonqa arna, Kichikyop kanallaridan oqib oʻtadi. Aholi bu kanallardan ichimlik va sugʻorish maqsadida foydalanadilar. Infratuzilma obyektlari Qishloqda 3 ta maktab va shuncha bolalar bogʻchasi va bitta kollej faoliyat yuritadi. Shu bilan birga Xiva gilam fabrikasining boʻlimi ham faoliyat yuritadi. Qishloqning mashhur kishilari Qishloqda bir qancha fan va sanat arboblari yashaydi. Bulardan; Doʻstjon Matjanov, tarix fanlari doktorlari Nuriddin Qalandarov, Solay Oʻrinov, fan nomzodilari otaboy Sobirov, rahim Sobirov, beymamat Madrahimov va shoirlardan Shukur shoir Shoira qizi , Shoira Olmaxon Otajonovalar istiqomat qiladi. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Namuna qishlogʻi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.