Rajabquli Otayev (1920-yil 18-aprel, Xiva xonligi – 1972-yil 11-dekabr Turkmaniston SSR) – Sovet davlatining iqtisodiy va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Hayoti 1920-yilda Xiva xonligining Kurt qishlogʻida tugʻilgan. 1948-yildan KPSS aʼzosi.

1940-yildan – SSSR davlatining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faoliyatidagi muhim shaxslardan bir hisoblanadi. 1940—1972-yillarda Ilyalin tumanidagi Stalin nomidagi kolxoz ombor mudiri, hisobchi, Toshhovuz kolxozi ijroiya qoʻmitasi raisi (1959—1961-yillarda), Turkmaniston Kommunistik partiyasi Ilyalin tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, Bolshevik kolxozi raisi, Kalinin kolxozi raisi lavozimlarida ishlaganTurkmenskaya Sovetskaya Ensiklopediya : [V 10-ti t.] / AN TSSR, Gl. red. N. V. Atamamedov. – Ashxabad : Gl. red. Turkm. Sov. Ensikl. – 26 sm. – T. 1. – S. 218.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 30-iyundagi farmoni bilan unga Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali bilan birgalikda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

Vaqtinchalik sugʻorish kanallaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga yangi sugʻorish usullarini joriy qilganiligi uchun 1951-yilda jamoa tarkibida qishloq xoʻjaligi boʻyicha 3-darajali Stalin mukofoti bilan taqdirlangan.

Turkmaniston SSR Oliy Kengashining 3, 4, 5, 7-chaqiriqlarida deputat sifatida ishtirok etgan. KPSS 19-syezdida esa delegat sifatida ishtirok etgan. Toshoʻgʻuz viloyatining Oqtepa tumanida Otayev Rajabquli nomidagi shaharcha bor.

1972-yil 11-dekabrda Kurt qishlogʻida vafot etgan. Oilali, 2 oʻgʻil va 4 qizi boʻlgan.

Mukofotlari Lenin ordeni (1950-yil 30-iyun; 1957-yil 14-fevral) Oktyabr Inqilobi ordeni (1971-yil 8-aprel) Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1965-yil 16-mart) O‘roq va Bolg‘a oltin medali (1950-yil 30-iyun) Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950-yil 30-iyun) 3-darajali Stalin mukofoti (1951-yil)

Manbalar

Turkum:Kolxoz raislari Turkum:KPSS XIX syezdi delegatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari