Razzoq Hasanov – 1922-yil Xorazm viloyati Gurlan tumanida tugʻilgan.Xorazm va Xorazmliklar. Toʻrtinchi kitob. Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2022. U Xorazmdagi eng mashhur lazgichi raqsini ijro qiluvchilardan biri edi.https://cyberleninka.ru/article/n/xorazm-lazgi-raqsining-o-rganish-tarixidan-parchalar/pdf 1938-yil Gʻulom Zafariyning „Xalima“ spektaklida qush sayrashini ijro etgan holda sanʼat olamiga kirib keldi. U Gurlan teatrida ishlagan. Gurlan teatri 1938-yilda tashkil etilgandir. Razzoq Hasanov biroz muddat bu yerda ishlagan Toshkentga borib oʻzini ustida ishlagan, malakasini oshirgan. Toshkentdagi Filarmoniyada Ustoz Olim Komilovdan taʼlim olib, doira chalish sirlarini oʻrgangan. Toshkentdan qaytgandan keyin u yana Gurlan teatrida ishlay boshladi. Koʻp oʻtmay teatrda musiqa rahbari lavozimiga koʻtarildi. Pyesalar U bir qator pyesalar namoyish qildi. Bular; „Xalima“, „Tuxmatchilar“, „Arshin molalan“, „Kim oʻgʻri“, „Tuxmatchilar jazosi“ va boshqa bir pseyalar. Kasbdoshlari Razzoq Hasanov u bilan Gurlan teatrida ishlagan sanatkorlar: Abdulla eshchanov, Lolaxon Eshchanova, moʻminjon Abduqodirov, Ibrohim Ismoilov, Oʻroggul Gʻoipov, Poshsha davletova, Norgul Allaberganova, Bibijon Iskandarova, Zarif Latipov, Xudoyor Qurolov, Ayxon Ataboyeva, Muhammadjon Karimov, Karim ota Nazarov, Qodir Karimov, Komiljon Otaniyozov, Xoljonoy Karimova va boshqalar. Gasrtollari Xonqa tumani 1939-yilda Xorazmdagi Toshsaqa kanalidagi hasharchilar uchun turli xil pyesalar namoyish qilgan. Bu gastrolda u bilan Abdulla eshchanov, Lolaxon Eshchanova, Moʻminjon Abduqodirov, Ibrohim Ismoilov, Oʻroggul Gʻoipov, Poshsha davletova, Norgul Allaberganova, Bibijon Iskandarova, Zarif Latipov, Xudoyor Qurolov, Ayxon Ataboyeva, Muhammadjon Karimov, Karim ota Nazarov, Qodir Karimov, Komiljon Otaniyozov, Xoljonoy Karimovalar qatnashgan. Saxtiyon qishlogʻi Gurlan hududidan oʻtgan Qilichniyozbiy kanalini qazish va tozlalsh uchun saxtiyon qishlogʻida pyesalar namoyish qilgan. Urush yillari 1942-1945 yillarda Razzoq Hasanov 2-jahon urushida qatnashgan. Pskov, Moskva, Ivanovodagi janglarda qatnashdi. Festivallar 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan 6-jahon yoshlar festivalida qatnashib maxsus mukofot olgan va festival laurenti boʻlgan. 1968-yil Toshkentdagi Respublika sanatkorlar festivalida qatnasgdi. 1977-yil „Marxabo talantlar“ Respublika festivalida Gurlanlik safdoshlari bilan qatnashdi. Filmlardagi ijrolari "Mukarrama Turgʻunboyeva", „Sovetskiy Uzbekistan“, „Xiva vaqti bilan soat 7-00 da“ film konserti, „Sehrli Olma“ filmlarida rol ijro qilgan. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Razzoq Hasanov · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.