Chin masjidi () – XIV asrga oid tarixiy masjid. Ozarbayjonning Boku shahrida, Shirvonshohlar saroyi yaqinida, Icheri-sheherning bir qismi hisoblanuvchi Kichik Gala koʻchasida joylashgan. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan.

Tarixi Masjid fasadidagi kirish eshigi tepasida joylashgan epigrafik yozuvga koʻra, bino 1375-yilda (hijriy 777) qurilgan. Shuningdek, masjid Fazlulloh Imom ibn Usmon Shirvoniy vasiyatiga koʻra qurilgani ham taʼkidlab oʻtilgan. Shu sababga koʻra ham masjid baʼzan ushbu shaxs nomi bilan ham ataladi.

Fasaddagi boshqa epigrafik yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, yodgorlik 1772–1773-yillarda (hijriy 1186-yil) Mas’ud Ali tomonidan restavratsiya qilinganTurkum:CS1 Azerbaijani-language sources (az)Turkum:CS1 Azerbaijani-language sources (az).

2012-yilda Icheri-sheher Davlat tarixiy-arxitektura qoʻriqxonasi tomonidan muzeyda katta taʼmirlash va tiklash ishlari olib borilganaz/#monument19 „ÇİN MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument19 the original on 19 January 2017. Retrieved 15 March 2018..

Arxitekturaviy xususiyatlari Masjid interyerining janubiy qismi devoridagi toʻrtburchak shaklda boʻlib, yonlari hoshiyalangan stalaktik mehrob Shirvon-Absheron meʼmorchilik maktabi asosida yaratilgan, qirralarida kichik boʻshliqlar mavjud"Çin"%20%20məscidi "„Çin“ məscidi" (in Azerbaijani). scwra.gov.az. Retrieved 15 March 2018..

Masjidning asosiy jabhasi assimetrik shaklda boʻlib, binoning kirish yaʼni portal qismi klassik usulda yaratilganaz/#monument19 „ÇİN MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument19 the original on 19 January 2017. Retrieved 15 March 2018..

Portalning aniq profillangan toʻrtburchak shakldagi ramkasi, profilli boʻshligʻi va arabcha epigrafik sarlavhasi klassik uslubda ishlangan. Shaharning oʻrta asrlardagi sharqiy uslubda yaratilgan portallari orasida ushbu masjidning kirish qismi klassik usulda ishlangan oʻziga xos portallardan biri hisoblanadiaz/#monument19 „ÇİN MƏSCİDİ“ (in Azerbaijani). icherisheher.gov.az. Archived from az/#monument19 the original on 19 January 2017. Retrieved 15 March 2018..

Ekspozitsiya Masjidda qadimiy tangalar ham saqlanadi, shuningdek, ularning oʻziga xos alohida koʻrgazmasi ham mavjud. Muzeyning asosiy ekspozitsiyasi Ozarbayjonda pul muomalasi boshlanganidan buyon turli davrlarda mavjud boʻlgan Sosoniylar, Safaviylar, Shirvonshohlar va boshqa davrlarga oid pul birliklari, tangalar va boshqa qiziqarli qadimiy eksponatlar hisoblanadi. Koʻrgazmalar alohida davrlarga boʻlingan va turli vitrinalarga guruhlangan. Davrning umumiy xususiyatlari, oʻziga xos xususiyatlari, turlari va oʻsha davrdagi valyuta birliklarining joylashuvi haqidagi maʼlumotlar vitrinalardan tashqaridagi alohida doskalarga oylashtirilganTurkum:CS1 Azerbaijani-language sources (az).

Galereya

Yana qarang

Eski shahar

Manbalar

Turkum:Bokudagi masjidlar Turkum:Ozarbayjon meʼmoriy yodgorliklari